Breaking News

Amerika Osiyoga, ayniqsa savdo-sotiqqa e'tiborni oshiradi


Pekindagi muzokaralar, 4-sentabr, 2012
Pekindagi muzokaralar, 4-sentabr, 2012
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton deydiki, Vashington oldidagi muhim vazifalardan biri - dunyo bo’ylab o’z iqtisodiy manfaatlarini targ’ib qilish.

Klinton xonim bu haqda Singapurda biznes va siyosat ahli oldida so’zladi.

Kambodjada Osiyo-Tinch okeani sammiti ochilish arafasida. Prezident Barak Obama unda ishtirok etadi.

Amerika dunyoning bu qismiga e’tiborni oshirmoqda, deydi Xillari Klinton. Azaliy ittifoqchilar bilan rishtalar yanad mustahkamlanib, savdo-sotiq ko’lami kengayadi, deydi u.

Qayta saylangan prezident Obama Osiyo safarida kelasi to’rt yil ichida bu bu mintaqalarda nimalarni ko’zlagani haqida gapirishi kutilmoqda.

Obama Birmaga ham tashrif buyuradi. Amerika rahbari tarixda bu yurtga qadam bosmagan.

Birmada musulmon aholi tazyiq va hujumlardan dod der ekan, hukumat ularni himoya qilishga bel bog'lagan.

Buddistlar va musulmonlar orasidagi qonli to’qnashuvlarga toqat qilinmaydi, deydi rahbarlar.

BMT diniy erkinlik ta’minlansin degan talabni qo'ymoqda.

Obama Birma va Kambodjadan tashqari Tailandda ham bo’ladi.

Muzokaralarda iqtisodiy aloqalardan tashqari huquq va demokratiyaga alohida diqqat qaratiladi.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 17-noyabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:13 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG