Breaking News

Nyu-York, Nyu-Jersidagi portlashlar haqida Klinton va Tramp nima deydi?


Emergency personnel work at the scene of Saturday's explosion on West 23rd Street in Manhattan's Chelsea neighborhood in New York, Sept. 19, 2016.
Emergency personnel work at the scene of Saturday's explosion on West 23rd Street in Manhattan's Chelsea neighborhood in New York, Sept. 19, 2016.

Nyu-York shahri va Nyu-Jersi shtatidagi portlashlar prezidentlikka nomzodlar tomonidan keskin qoralandi. Kapitoliyda esa qonunchilar qattiq choralar ko'rishga undamoqda. Yakshanba kuni yuz bergan xurujlarda bir necha kishi jarohatlangan.

28 yoshli Ahmad Xon Rahami asosiy gumondor sifatida qamoqda. Afg'onistonlik, AQSh fuqarosi.

Demokrat Hillari Klinton nazarida terrorizmning oldini olishning bir yo'li razvedkani kuchaytirishdir.

Internetdagi aloqani ko'zdan qochirmaslik kerak, deydi u, bu borada texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikni oshirishga chaqirar ekan.

"Ogoh turish kerak, lekin vahimaga hojat yo'q",- deydi Klinton Nyu-Yorkda so'zlar eakn.

Senat Razvedka qo'mitasi esa maxfiy xizmatni zaiflikda ayblab, Amerikada qancha radikal borligi haqida tasavvurga ega emas, deya tanqid qilmoqda.

Filadelfiya
Filadelfiya

Biroq respublikachi senator Syuzan Kollins deydiki:

"Bugungi zamonda odamlar uyidan chiqmay turib ham, faqat internetda o'tirib, radikalizmga berilib ketishi mumkin. Razvedkani ayblash oson lekin ular har yerda har lahzada hammani kuzata olmaydi", - deydi u.

"Texnologiya olamida o'tkir uskunalar va usullar kashf etilmoqda. Ularga tayanish kerak".

Florida shtati
Florida shtati

Respublikachi Donald Tramp fikricha Amerika bugun terrorizmga qarshi tura olmayapti va bunda amaldagi rahbar Barak Obama va uning qo'lida ishlagan Hillari Klinton aybdor.

Klinton, deydi Tramp, minglab radikallarga eshikni ochmoqchi. Bu bilan Tramp musulmonlarni nazarda tutmoqda. U islom diniga e'tiqod qilganlarning AQShga kirishini cheklash kerak deb keladi. Terrorizm va islomiy radikalizm bir-biriga chambarchas bog'liq, deydi Tramp.

Politsiya bu mamlakatda terroristlarni bila turib ham hibsga olishga qo'rqadi, chunki ularni irqchilikda ayblashadi, deydi respublikachi nomzod.

Klinton fikricha esa AQSh terrorizmga qarshi kurashda behisob yutuqlarga erishgan, hozir ham vaziyatni nazorat qilishga va qonli hujumlarning oldini olishga qodir.

"Qonun tartibot, razvedka va qadriyatlarimizga tayanganmiz va tayanishda davom etadmiz",- deydi demokrat nomzod.

Presidential Candidates Weigh in on New York Bombing
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Demokrat senator Garri Rid nazarida terrorizmni bartaraf etish uchun yangi qonunlar qabul qilish kerak, xususan fuqarolarning qurol sotib olishini cheklash lozim. U bunda respublikachilarni sustkashlikda ayblaydi.

Respublikachi senator Jon Kornin deydiki, Prezident Barak Obama terroristlarni quvvatlovchi guruhlarning Amerikadagi faoliyatini taqiqlamayapti.

"Bu haqdagi qonun allaqachon Kongress tomonidan tasdiqlangan. Prezident hujjatga imzo cheksin",- deydi Kornin.

U va boshqa respublikachilar mamlakatdagi musulmon tashkilotlarni islom oladimidagi kuchlar, xususan Hizbulloj, Hamas va Musulmon Birodarlar kabi guruhlar bilan hamkorlikda gumon qilib keladi. Obama ma'muriyati nazarida esa bu asossiz shubha.

"Musulmonlar hozir nihoyatda faol chora ko'radigan, qonun tartibot organlari vilan yaqindan ishlaydigan davr",- deya ogohlantirmoqda Kornin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG