Breaking News

Markaziy osiyoliklar Koloradoda. Videoreportaj. 1-qism. Kolorado Xayts universiteti talabalari


Kolorado Xayts universitetining markaziy osiyolik talabalari, Denver shahri, 2014-yil avgusti
Kolorado Xayts universitetining markaziy osiyolik talabalari, Denver shahri, 2014-yil avgusti

"Amerika Ovozi" yaqinda Kolorado shtatida bo'lib, u yerdagi markaziy osiyoliklar hayoti bilan tanishdi, qator videoreportajlar tayyorladi. Birinchi lavha Kolorado Xayts universiteti talabalari haqida.

Kolorado Xayts universiteti, Denver
Kolorado Xayts universiteti, Denver

Kolorado Xayts universiteti xususiy, katta bo’lmagan o’quv dargohi. Talabalarning yarmi amerikaliklar, qolgani xorijiy davlatlardan. 30-35 nafari Markaziy Osiyodan. Jami studentlar soni 500 dan oshmaydi. Bu bejiz emas, deydi qabul komissiyasi vakili Marina Nochevnaya.

Marina Nochevnaya, qabul komissiyasi xodimi
Marina Nochevnaya, qabul komissiyasi xodimi

“Universitetning kichikligi talabalarga yoqadi, chunki hech kim omma orasida yo’qolib qolmaydi. O’qituvchilar studentlarning ismini, kimligini, qayerdan ekanini biladi, ular bilan yaqindan ishlashadi, talabaning ingliz tilidan yoki, masalan, marketing sohasida bilimini charxlashda yordam berishadi, har biri bilan individual ravishda ishlaydi. Sinflar katta emas, har birida o’rtacha 15 talaba”, - deydi u.

Marina Kolorado Xayts universitetida ham bakalavrlik, ham magistrlik ilmiy darajasini olib, tojikistonlik Mavjuda Obidjonova kabi shu yerning o’zida ishga qabul qilindi.

Mavjuda Obidjonova, universitet xodimi
Mavjuda Obidjonova, universitet xodimi

“Universitet uchta dastur taklif etadi. Birinchisi, ingliz tilidan intensiv kurslar, ikkinchisi, xalqaro biznes sohasi bo’yicha bakalavrlik, uchinchisi, xalqaro biznesni boshqarish sohasi bo’yicha magistrlik. Magistratura to’rt yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi: sog’liqni saqlash bo’yicha menejment, ekologiya bo’yicha menejment, hisobchilik va korporativ moliya. Ingliz tilidan bir yillik kurs narxi oyiga 470 dollar. Agar til asoslarini bilib, uni charxlamoqchi bo’lsangiz, yozda to’rt oylik qisqa kurs bor. Bakalavriat yiliga o’rtacha besh ming, magistraturada o’qish esa 10 ming dollarga tushadi”, - deydi Mavjuda.

1896-yilda katolik qizlar maktabi sifatida tashkil topgan Loretto Xayts akademiyasi keyinchalik kollej deb atalgan. 2009-yilda Kolorado Xayts universiteti nomini oldi. Ilmgohga Yaponiyadagi ta’lim jamg’armasi egalik qiladi. 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar orasida o’zbekistonliklar ham bor.

Azamat Allayev, o'zbekistonlik talaba (Samarqand)
Azamat Allayev, o'zbekistonlik talaba (Samarqand)

Azamat Allayev asli Samarqanddan. Amerikada sakkiz yildan beri yashaydi. U ham biznes boshqaruvi sohasida shu universitetda avval bakalavr bo’ldi, hozir esa magistraturaning birinchi kursida o’qiyapti. Uning aytishicha, o'qish osonmas, talab katta. Tilni yaxshi bilish kerak.

Hammaning ham Amerikada o’qishga qurbi yetmaydi. Toshkentlik Timur Egamberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, ana shunday insonlarga maslahat beradi.

Markaziy osiyolik talabalar. Toshkentlik Timur Egamberdiyev markazda
Markaziy osiyolik talabalar. Toshkentlik Timur Egamberdiyev markazda

“Agar maktabni yaxshi baholar bilan tamomlab, bu yerda o’qishga kirmoqchi bo’lsangiz, universitet 20 foizgacha chegirma berishi mumkin. Bu o’qish narxini tushiradi. O’quv yili davomida universitetda qisman ishlasa ham bo’ladi. Oyiga 600 dollar kundalik xarajatlarni qoplash uchun yaraydi. Yozda esa to’liq stavkada ishlab, oyiga 1200 dollar qilsa bo’ladi”, - deydi Timur.

Mahmud Tohirov, o'zbekistonlik talaba (Samarqand)
Mahmud Tohirov, o'zbekistonlik talaba (Samarqand)

Mahmud Tohirov ham Samarqanddan. Sakkiz oydan beri Kolorado Xayts universitetida o’qiydi. Uning aytishicha, universitetdagi muhit O'zbekistondagi oliygohlarnikidan farq qiladi.

"O'qituvchilar talabalarga yordam berishga doim tayyor. Dunyoning turli chekkalaridan kelgan odamlar bilan tanishamiz", - deydi u.

Komila Fozilova, o'zbekistonlik talaba (Toshkent)
Komila Fozilova, o'zbekistonlik talaba (Toshkent)

Komila Fozilova uch yil oldin oilasi bilan O’zbekistondan Amerikaga ko’chib keldi. Universitetda ingliz tilidan saboq olmoqda. Komila kelajakda styuardessa bo'lmoqchi.

Kolorado Xayts universitetida qozog’istonlik talabalarni ham uchratdik. Katya hozir ingliz tilini o’rganyapti. Keyinchalik bakalavriatga kirmoqchi.

Rodion Amerikaga kelishdan oldin uzoq o’ylandim, ammo achinmayman, ko’p do’st, boy tajriba orttiryapman, deydi.

Markaziy osiyoliklar Koloradoda. Videoreportaj. 1-qism. Kolorado Xayts universiteti talabalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:21 0:00
Yuklab oling

Bu yerdagi markaziy osiyolik talabalar bir-biri bilan juda inoq, bayramlarni bir davrada o’tkazadi, jamoat ishlarida faol. Kimdir o’qishni tugatib vataniga qaytib borishni, kimdir esa Amerikada qolib omadini sinab ko’rishni xohlaydi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG