Breaking News

Bayden yoki Tramp saylov natijasini darhol tan olmasligi mumkin


Saylovda yutqazgan nomzodning mag’lubiyatini tan olgan nutqi Amerika demokratiyasida hokimiyatning tinch yo’l bilan o’tishini ta’minlab kelgan. Bu gal ikki asosiy nomzodning hech biri saylov oqshomida mag’lubiyatini tan olishga tayyor bo’lmasligi mumkin.

Xalqaro hayot – 2-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:40 0:00

2000-yilda Florida shtatida g’olib aniqlanmagach, saylovdan 36 kun o’tgach prezidentlik taqdirini Oliy sud hal qilgan. Demokrat nomzod Al Gor sud qarorini qabul qilib, respublikachi raqibi Jorj Bush oldida mag’lubiyatini tan olgan.

“Xalq birligi va demokratiya kuchini saqlab qolish maqsadida mag’lubiyatimni tan olaman”, - degan edi u.

2016-yilgi saylov oqshomida Xillari Klinton ham Donald Trampni tabriklab, uni saylangan prezident sifatida tan olgan edi.

“Saylov natijasini tan olib, kelajakka nazar tashlashimiz kerak. Donald Tramp prezidentimiz bo’ladi. Uni qabul qilib, mamlakatni boshqarishiga imkon berishimiz lozim”, - degan edi demokrat nomzod.

Gor ham, Klinton ham umumxalq saylovda g’alaba qozongan bo’lsa-da, Saylov kollegiyasi tizimiga ko’ra mag’lub bo’lishgan.

Bu yili Klinton Jo Baydenga mag’lubiyatni tan olmaslikni maslahat qildi. Uning aytishicha, Tramp shtabi pochta orqali va sirtdan berilgan ovozlarni tan olmasligi mumkin. So’rovlarga ko’ra, demokratlar respublikachilarga qaraganda shu usul bilan ko’proq ovoz bermoqda.

Ilk teledebat paytida Bayden barcha ovozlar hisoblab bo’linganidan so’ngina saylov natijasini tan olishini aytgan edi, biroq bu vaqt oladi.

“Barcha ovozlar hisoblab bo’linganidan so’ng men g’alaba qozonsam ham, mag’lub bo’lsam ham, saylov natijasini tan olaman”, - degan edi u.

So’rovlarda ortda ketayotgan Tramp esa pochta orqali ovoz berishda ommaviy qonunbuzarliklar bo’lishiga ishora qilarkan, Bayden g’olib deb topilsa, saylov natijasini tan olmasligini aytgan.

Unga ko’ra, saylovchilarga keragidan ortiqcha byulletenlar yuborilgan.

Tahlilchilarning xavotir oilishicha, agar nomzodlardan biri saylov natijasini tan olishdan bosh tortsa, xalqda saylov tizimiga ishonch pasayishi mumkin.

“Tortishuv uzoqqa cho’zilsa, demokratiyamiz va keyingi prezidentning qonuniyligiga ishonchga putur yetadi”, - deydi respublikachi strateg Vit Ayres.

Partiyaviy ziddiyatlar avjiga chiqqan bir paytda munozarali saylov o’ng qanot ekstremistlar va radikal so’lchilar tomonidan siyosiy zo’ravonliklarga yetaklashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG