Breaking News

Obama va yangi Kongress - ziddiyat kuchayishi mumkin


A protester carrying a peace flag walks in downtown Cleveland, Ohio, where the Republican National Convention is going to be held on July 18.
A protester carrying a peace flag walks in downtown Cleveland, Ohio, where the Republican National Convention is going to be held on July 18.

Shu hafta AQShda yangi tarkibdagi Kongress ish boshlaydi. Vakillar palatasi va Senatda respublikachilar ko'pchilik. Konservativ qonunchilar Prezident Obamaning ayrim siyosatini o'zgartirmoqchi.

Senatda ko'pchilik sardori Mitch Makkonnelning aytishicha, Kongressni respublikachilar, Oq uyni esa demokrat-prezident boshqargani bilan barcha murosa qilib, ishlashi zarur.

Qonunchilar Kistoundagi neft quvuriga doir qonun loyihasini tasdiqlamoqchi. Respublikachilar nazarida bu bilan qo'shimcha ish o'rinlari yaratiladi va AQShning energetik mustaqilligi oshadi. Biroq demokrat qonunchilarga ko'ra, loyiha atrof-muhitni zaharlaydi, ish o'rinlari esa vaqtincha bo'ladi, xolos.

Har ikki palatadagi respublikachilar prezident tashabbusi bilan joriy etilgan sog'liqni saqlash haqidagi qonun va immigratsiyaga doir farmonni bekor qildirmoqchi.

Bunga javoban Obama respublikachilar tasdiqlagan qonun loyihalarini imzolamasligini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG