Kongressning respublikachilar nazoratidagi quyi palatasi Prezident Obama olg'a surgan, Suriya va iroqlik 10 ming qochqinni Amerikaga qabul qilish rejasini vaqtincha to'xtatishga ovoz berdi.
Bu odamlar kelasi bir yilda AQShda panoh topishi kutilgan edi. Chora Senatdan ham o'tsa, Obama veto huquqini qo'llamoqchi.
Qonunchilar qochqinlarni qattiqroq, puxtaroq tekshirishni talab qilmoqda.
Prezidentlikka da'vogar respublikachi senator Ted Kruz odamlarning niyati nima ekanini bilish qiyin; jihodchilar kirib kelmasligini kim kafolatlay oladi, deydi.
Obama esa qochqinlar nihoyatda izchil tekshiruvdan o'tishini, shundan so'nggina Amerikaga qo'yilishini aytadi.