Breaking News

Senatorlar qochqinlarning Amerikaga kirishini cheklaydimi?


Gretsiyadagi qochqinlar
Gretsiyadagi qochqinlar

Bugun AQSh Senatida Suriyadan qochqinlarni qabul qilishni cheklovchi qonun loyihasi ovozga qo'yiladi.

Ayrim qonunchilarning xavotir bildirishicha, "Islomiy davlat" va boshqa terror guruhlariga aloqador shaxslar mamlakatlaridagi zo'ravonlik va adolatsizlikdan qochgan odamlar orasiga tushib, qochqin sifatida AQShga kirib qolishi mumkin.

O'tgan yil oxirida Kongress Vakillar palatasida qabul qilingan qonunga ko'ra, Federal qidiruv byurosi, Ichki xavfsizlik vazirligi va Milliy razvedka direktori qochqinlarning xavfsizlikka tahdid emasligini tasdiqlaganidan so'nggina ular Amerikaga qabul qilinishi mumkin.

Senatda ko'pchilik sardori, respublikachi Mitch Makkonnelning aytishicha, amerikaliklar Suriya va Iroqdan kelayotgan minglab qochqinlarni tekshirish, elakdan o'tkazish jarayonidan ko'ngli to'lmayapti.

Oq uy bunday qo'shimcha choralarga qarshi. Unga ko'ra, amaldagi tartibga muvofiq qochqinlar sinchkovlik bilan tekshiriladi, jarayon ba'zan ikki yilgacha vaqt olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG