Breaking News
Din

Nasroniylar islomga qarshi filmni qoraladi


Kaliforniyadagi qibtiy nasorolarning aytishicha, musulmon dunyosida kuchli norozilik namoyishlariga sabab bo’lgan filmning asli misrlik bo’lgan qibtiy tomonidan suratga olingani ularni qattiq tashvishga solgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


Bunday filmning yaratilishi e’tiqodimiz tamoyillariga ziddir, deydi Kaliforniyadagi muhojir nasroniylar.

Misrlik nasoro muhojirlar har yakshanba Los-Anjeles shahridagi qibtiylar cherkovida to’planadi. Ruhoniy Serapion bu yerda avliyolardan biri sharafiga uyushtirilgan cho’qintirish marosimini amalga oshirmoqda.

Ammo bu misrliklarning xayoli hozir ona yurtlarida. O’tgan hafta islom dunyosida boshlangan norozilik namoyishlari hanuz tingani yo’q.

Liviyadagi zo’ravonliklar to’rt amerikalik diplomat umriga zomin bo’ldi. Ular orasida elchi Kristofer Stivens ham bor edi.

Stivens Liviyani demokratiyaga aylantirish yo’lida mahalliy aholi bilan birga ishlamoqchi edi.

Ammo Muhammad payg’ambarni tahqirlovchi film chiqqach, uning orzulari armon bo’lib qoldi. Video mustaqil shaxslar tomonidan ishlangan bo’lsa ham, namoyishchilar AQSh hukumatini ayblamoqda.

Filmni suratga olgan shaxs kaliforniyalik Nakula Basili Nakula bo’lib, uning qibtiy nasoro ekani ma’lum. U o’tmishda moliyaviy firibgarlik jinoyati bilan qamoqda o’tirib chiqqan. O’sha ish bilan bog’liq sud hukmiga qanday rioya etayotgani bo’yicha tergovchilar uni o’tgan hafta so’roqqa tutgan. AQShda so’z erkinligini kafolotlovchi konstitutsiyasiga ko’ra, Nakula film uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Ruhoniy Serapion va boshqa qibtiy nasoro yetakchilari filmni qoralamoqda.

“Bu ish xristianlikka zid. U boshqa odamlarning tuyg’ularini tahqirlash bilan teng”, - deydi ruhoniy.

Jamoa vakillaridan biri Maxer Saidning aytishicha, nasorolarning aksariyati filmga qarshi.

“Boshqa dinlarni yomonlash e’tiqodimizda taqiqlangan”, - deydi u.

Saidning aytishicha, ayrim musulmonlarning bu ishda G’arbdagi barcha qibtiy nasorolarni ayblashi adolatdan emas.

Ushbu cherkov vakillariga ko’ra, ular film rejissori Nakula degan odamni tanimaydi va AQShdagi qibtiy nasorolar jamoasining bu filmga hech qanday aloqasi yo’q. Uni kim yaratgan bo’lsa ham dinimizga zid ish qilgan, chunki e’tiqodimiz barcha dinlarni hurmat qilishga chaqiradi, deydi amerikalik nasroniylar.

Qibtiy nasroniylar/Coptic Christians
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:46 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG