Breaking News

Kubada COVID-19 ga qarshi choralar ko'rilmoqda


Kuba hukumati orolni sayyohlar uchun yopib, ijtimoiy tadbirlarni bekor qilgach, poytaxt Gavananing odatda gavjum markaziy ko’chalari ancha huvillab qolgan.

Sog’liqni saqlash vazirligiga ko’ra, shu kunga qadar Kubada 57 odam koronavirus yuqtirgan, salkam 1500 odam, aksariyati xorijliklar yoki xorijdan qaytgan kubaliklar tibbiy ko’rikdan o’tmoqda.

Ayni paytda 21 mingdan oshiq chet ellik Kubadan chiqa olmayapti, ba’zilari davlatga qarashli mehmonxonalarda karantinga qo’yilib, charter reyslar tashkil etilmaguncha mamlakatni tark etish taqiqlangan.

“Yoshim va tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, hamma belgilangan qoidalarga amal qilishi zarur. Gap xohishda emas, axir bu global epidemiya. O’zimiz va oilalarimizni himoya qilishga qaratilgan choralar bu”, - deydi 70 yashar nafaqaxo’r Lorenso Torres.

AQShning iqtisodiy sanksiyalaridan zarar ko’rgan Kubada koronavirus turizm sohasiga yanada qattiq zarba berdi.

Hukumat ichki harakatlanishni ham cheklamoqda, avtobus va poyezd qatnovlari to’xtatilgan. Natijada boshqa viloyatlarga borib qolgan minglab kubaliklar uylariga qaytolmayapti. Hukumat ularga yordam berishini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG