Bonn universiteti o’tkazgan tadqiqot natijasiga ko’ra, Germaniyada 1,8 million odam koronavirus bilan kasallangan bo’lishi mumkin. Bu hozirgi rasmiy raqamlardan salkam 11 baravar ko’p. Shu kungacha testlar asosida aniqlangan bemorlar soni 166 mingdan ortgan.
Tadqiqotchilar Germaniyaning Niderlandiya chegarasiga yaqin Gangelt shahrida 919 odam qoni va burun tomchilarini tekshirib, shunday xulosaga kelgan. Gangelt Germaniyada koronavirus o’chog’i bo’lgan Xaynsberg okrugiga kiradi. Tadqiqot natijalari yakuniy emasligi, chuqurroq o’rganilishi aytilmoqda.
Germaniyalik virusologlarning aniqlashicha, koronavirus bemorlarning beshdan bir qismida alomatsiz o’tadi, ya’ni ko’rinishidan sog’lom odamda ham virus bo’lishi mumkin.
Bu o’rtada Germaniyada karantin yumshatilib, muzeylar, salonlar, cherkovlar va avtomobil zavodlari qayta ochilgan.
Mamlakatda may oyidan boshlab koronavirus antikor sinovlari o’tkazila boshlaydi. Joriy oyda 3 millionta, so’ng har oy 5 milliontadan. Antikor sinovlari odam koronavirus bilan kasallanib, unda virusga qarshi immunitet hosil bo’lganini aniqlab beradi.
Facebook Forum