Breaking News

Rossiya bosh vaziri koronavirusga chalindi


Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus yuqtirib sog’ayib ketishi ketidan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bu dardga chalindi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 54 yashar Mishustinga uyda o’tirib davolashni buyurib, uning vazifalarini birinchi o’rinbosari Andrey Belousovga yukladi.

Mishustin yanvar oyida bosh vazirlikka tayinlangan edi.

Bosh vazir prezident bilan so’nggi bor yuzma-yuz 24-mart kuni Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohida ko’rishgan edi.

Rossiyada 114 mingdan ziyod odam COVID-19 kasalligiga chalingan bo’lsa, bemorlarning yarmi poytaxt Moskvada qayd etilgan.

Rossiyada koronavirus pandemiyasiga qaramay, Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 75 yilligiga bag’ishlangan tantanalarga tayyorgarlikar avjida. Rostov shahrida Su-30 va Su-25 qiruvchi samolyotlari, Sankt-Peterburgda ham harbiy samolyot va vertolyotlar mashq qilgan. Pandemiya sabab bu yilgi tantanalar havoda o’tkaziladi.

Ikki hafta oldin Prezident Putin harbiy paradni qoldirishga qaror qilib, 9-may kuni asosan aviashou bo’lishini ma’lum qilgan edi.

Putin parad albatta bo’lishini aytib, yangi koronavirusga qarshi kurash ayni damda muhimroq ekanini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG