Breaking News

Qashshoqlik - koronavirusdan o’lim hollarini kuchaytiruvchi omil


Koronavirus pandemiyasi aholining iqtisodiy va ijtimoiy zaif qatlamlariga ayniqsa og’ir tushdi. Kasallik Hindiston va Nigeriya kabi mamlakatlarda kam daromadli va qashshoq aholi orasida tez tarqalmoqda.

Londondagi Imperiya kolleji tadqiqotchilari bu borada bir izlanish o’tkazgan.

“Qo’l yuvishga sharoitning yo’qligi, uydan ishlashga imkoniyatning yo’qligi, kasalxonalarning tanqisligi - mana shu uchta omilga qarab o’tkazgan izlanishlarimiz natijasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, kambag’al oilalarda koronavirusdan o’lim holatlari o’rtacha 32 foizga yuqori ekan”, - deydi izlanish guruhidan Piter Vinskil.

Kambag’alroq oilalar odatda kattaroq bo’ladi, avloddan avlodga bir xonadonda yashaydi, bu esa qariyalarni ijtimoiy masofa orqali himoya qilishga imkon bermaydi, deydi mutaxassislar.

Pandemiyaning bilvosita ta’siri ham nomutanosib zararga sabab bo’lmoqda.

“Karantin choralari qishloq joylarda ekin ekish va hosil olish paytiga to’g’ri keldi. Bunday hududlarda aholi, asosan, o’zi yetishtirgan mahsulotni iste’mol qiladi, demak oziq-ovqat xavfsizligi ham tahdid ostida”, - deydi Vinskil.

COVID-19 natijasida aholida o’zini boshqa kasalliklarga tekshirtirish imkoniyatlari ham keskin cheklangan.

“VICh, sil, bezgak bilan bog’liq o’lim holatlari kelasi 5 yilda 10, 20 va 36 foizga ko’payishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Tadqiqot mualliflari tengsizlikning mavjud modellaridan kelib chiqqan holda qashshoq aholi o’zini infeksiyadan samarali himoya qila olmaydi, deya xulosa qilmoqda. Ular hukumatlarni qo’l tozalash uchun sharoitlarni yaxshilab, qishloq joylarda sog’liqni saqlash tizimini kuchaytirishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG