Breaking News

Koronavirusdan bexabar roxinjalliklar


To escape violence in Rakhine state during the military crackdown there, in November 2016, Rohingya woman Haresa Begum fled to Bangladesh with her four children, leaving her husband in Myanmar. A week after this photo was taken at a Rohingya colony in Cox
To escape violence in Rakhine state during the military crackdown there, in November 2016, Rohingya woman Haresa Begum fled to Bangladesh with her four children, leaving her husband in Myanmar. A week after this photo was taken at a Rohingya colony in Cox

Butun dunyo koronavirus g’am-tashvishida ekan, Bangladeshning salkam bir million roxinjalik qochqinga boshpana bo’lgan Koks-Bazar lagerida hayot deyarli o’zgarmagan.

Bu yerda internet yo’q. Gap, asosan, og’izdan og’izga o’tadi. Koronavirus epidemiyasi haqidagi xabarlar lager aholisiga endi-endi yetib bormoqda.

“Virusning nomini unutdim. Qanaqadir virus bir necha mamlakatga o’tgani, odamlar o’lgani haqida eshitdim. Qo’limizni toza tutishimiz kerak ekan”, - deydi Koks-Bazardagi qochqinlardan biri.

Lagerda koronavirus haqida e’lon qilingani ham, yetarlicha ma’lumot berilgani ham yo’q. Bu esa mish-mishlarga sabab bo’lmoqda.

“Eshitishimcha, bu virusni yuqtirgan odamning oyoq-qo’li ishlamay qolarkan. Agar og’ziga so’lak tushsa, itga o’xshab hurarkan”, - deydi yana bir qochqin.

Sog’liqni saqlash bo’yicha mahalliy mutaxassislarning aytishicha, lagerga kirish va undan chiqish keskin cheklangan, hudud ma’lum paytdan beri karantinda. Rasmiylar vaziyatni yaqindan kuzatmoqda.

“Vaziyatdan bexabar bo’lish lager ichida mish-mishlarning tarqalishiga olib keladi. Lagerdagi ba’zi o’qimishli roxinjaliklar orqali aholining shu mavzudagi bilimini oshirishga harakat qilyapmiz”, - deydi Sayful Islom ismli shifokor.

“Lagerda hech kim koronavirus bilan kasallangani yo’q. Virus boshqa mamlakatlardan kelmoqda. Ayni paytda roxinjaliklarning koronavirusga chalinishi ehtimoldan xoli”, - deydi Koks-Bazarda jarroh bo’lib ishlovchi Mahbubur Rahmon.

Rasmiylar gumanitar yordam tashkilotlari xodimlarini ham ehtiyot bo’lishga chaqirmoqda.

“Gumanitar yordam bilan shug’ullanuvchi xorijliklarga o’zlarini tekshirtirish haqida ko’rsatma berdik. Xorijdan yangi ishchilarni olib kelishmasin, dedik. Roxinjaliklarga ma’lumot ulashishda davom etyapmiz”, - deydi lager komissari muovini Kamol Husayn.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG