Breaking News

Rossiya koronavirusga qarshi kurashga tayyormi?


Rossiya hukumati koronavirusni jilovlash maqsadida mamlakat bo’ylab karantin joriy etgan. Bunday chora samara beryapti, Rossiya virusga chalinganlar soni bo’yicha dunyoda 22-o’rinni egallamoqda.

Xalqaro hayot – 6-aprel, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:01 0:00

“Kasallikning Rossiyada ommaviy tarzda tarqalishiga chek qo’yishga muvaffaq bo’ldik. Tahdid ehtimoli yo’q emas, ammo vaziyat nazoratga olingan”, - dedi Prezident Vladimir Putin.

Pandemiya Putinning prezidentlik muddatini uzaytirishga imkon beruvchi konstitutsion tuzatishlarni qonuniylashtirishni ko’zlagan referendumning beliga tepdi.

Kreml tanqidchilarining aytishicha, hukumat infeksiya sur’atini sun’iy ravishda past ko’rsatishga harakat qilmoqda.

“Bosh shifokorlar sog’liqni saqlash vaziriga bo’ysunadi. Rossiyada statistika azaldan siyosatga qarab moslashtirilgan”, - deydi “Shifokorlar ittifoqi” tashkilotidan Anastasiya Vasilyeva.

Rossiyada kasallanganlar soni oshgani sari Putin referendumni kechiktirishga qaror qildi.

Poytaxt Moskva va boshqa viloyatlarda qattiq karantin joriy etilgan. Davlat matbuoti sog’liqni saqlash tizimi koronavirusga qarshi kurashishga tayyor ekanini aytmoqda, ammo ayrim ekspertlar muammolar borligini ham tan olmoqda.

“Shifokor sifatida shuni aytamanki, tibbiy xizmatchilar uchun himoya vositalari yetishmaydi. Nafaqat bizning kasalxonada, balki ko’plab boshqa joylarda ham”, - deydi neyroxirurg Vsevolod Shurxay.

Bir necha kun oldin Prezident Putinga kasalxonani ko’rsatgan Moskvadagi yuqumli kasalliklar kasalxonasi bosh vrachida koronavirus aniqlangan. Kreml Putin ko’rikdan o’tgani va sog’lig’i joyida ekani haqida ma’lum qildi. Shifokor Denis Protsenko asta-sekin tuzalmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG