Breaking News

AQShning Arizona va Florida shtatlarida virus tarqalishi kuchaygan


Amerikadagi ayrim arboblar karantin erta tugatilganidan norozi.

Xalqaro hayot – 6-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:14 0:00

“Tungi klublar odamlarga to’lgan, niqobsiz yurishibdi shampan vinosini tarqatib. 20 dan 44 yoshgacha bo’lganlar koronavirusning yangidan avj olishiga sabab bo’ldi deb hisoblayman. Odamlar katta oilaviy tadbirlarga borib, virus yuqtirib kelyapti”, - deydi Arizona shtatining Finiks shahri meri Keyt Gallego.

Floridaning Mayami shahri hokimi Fransis Suares ham COVID-19 holatlarining keskin ko’payganidan tashvishda.

“Karantin tugatilishi bilan odamlar o’zini virus yo’qdek tuta boshladi”, - deydi u.

Ba’zilar 4-iyul Mustaqillik kunidagi ommaviy tadbirlarga chiqqan, mushakbozlikni tomosha qilish uchun to’plangan odamlar virus yuqtirishidan xavotirda. Bayram kuni poytaxt Vashingtonda nutq so’zlagan Prezident Donald Tramp koronavirus tahdidiga katta e’tibor bermadi.

“Shu kungacha salkam 40 million odam testdan o’tdi. 99 foizi zararsiz ekani aniqlandi”, - dedi u.

Tramp vaksinani tezroq yaratish kerakligiga urg’u berdi.

“Mamlakatimizning eng zo’r olimlari buning ustida ishlamoqda. Yil oxirigacha dori va vaksina yoki ikkisidan biri taqdim etiladi”, - dedi prezident.

Biroq Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi rahbari Stiven Xan bunday kafolat berishdan qochdi.

“Vaksina qachon tayyor bo’lishini bashorat qila olmayman. Lekin izlanishlar mislsiz darajada tez kechayotganini tasdiqlayman”, - dedi u.

Ungacha esa, dedi Xan, koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralarga amal qilish kerak.

“Epidemiya, pandemiya tez tarqalmoqda. Har bir insonning o’limi fojiadir. Uning oldini olish uchun barcha choralarni ishga solyapmiz. Biroq amerikaliklarning o’zi ham federal, shtat va mahalliy darajalarda tavsiya qilinayotgan ehtiyot choralariga amal qilishi zarur. Agar ijtimoiy masofani saqlay olmasangiz, niqob taqing. Qo’llaringizni doim yuvib yuring. Zaiflarni asrang”, - dedi rasmiy.

Dunyo bo’ylab koronavirusga uchraganlar 11 yarim milliondan oshgan bo’lsa, salkam 3 millioni AQShda. Virus yuqtirish sur’ati keskin oshgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG