Breaking News

Tramp ikkinchi debatga hozirlanmoqda


Koronavirusdan davolanib, kasalxonadan chiqqan AQSh Prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni bu kasallikdan qo’rqmaslikka chaqirmoqda.

Xalqaro hayot – 7-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:29 0:00

“Salomatligim ancha yaxshi. Virusga qarshi immunitet paydo bo’lgan bo’lishi mumkin, yana bilmadim, ammo hayotingizni virus boshqarishiga yo’l qo’ymang, Uyda o’tiravermang, o’zingizni ehtiyot qiling”, - dedi Tramp.

Seshanba kuni Oq uyda tadbirlar o’tkazilmadi. Tramp “Twitter”dagi izohlari orqali koronavirus tahdidi darajasini oldingiday kamaytirib ko’rsatishga harakat qildi.

“Oq uy ma’muriyati xalqqa virus xavfi haqida ma’lumot berayotgan bir paytda Tramp izohlari bu ishga pand beryapti deb o’ylayman. Bu prezident o’zini kuchli qilib ko’rsatishga harakat qilyapti. Biroq yaqindan e’tibor bersangiz, uning og’ir nafas olishini payqash mumkin”, - deydi Vanderbilt universitetidan Jeffri Bennet.

Oq uy bayonot chiqarib, Trampda koronavirus alomatlari yo’qolganini ma’lum qildi. Biroq bu bilan Tramp kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin emas deb bo’lmaydi, deydi mutaxassislar.

“Odatda yengil kasal bo’lganlar muolajaning 10-kunida boshqalarga xavfsiz bo’ladi. Koronavirusga chalingan odam karantinga rioya qilishi kerak”, - deydi Pitsburg universitetidan Grexem Snayder.

Tramp va rafiqasidan tashqari Oq uyda ishlovchi kamida yana 10 kishi, jumladan prezident matbuot kotibi Kayli Makenanida virus aniqlangan. Maxfiy xizmat agentlari va quyi darajadagi bir necha xizmatchining ham kasallangani aytilmoqda.

Bundan tashqari Trampga o’tgan hafta teledebatga tayyorgarlik ko’rishda yordam bergan salkam 11 odam virusga uchragan. 26-sentabr kuni Oq uyda o’tgan marosimda qatnashgan uch respublikachi senator, ikki diniy yetakchi va uch nafar jurnalistning ham kasallangani aytilmoqda. Mutaxassislar hozir bir-biri bilan aloqada bo’lganlarni aniqlamoqda.

15-oktabr kuni Tramp demokrat raqibi Jo Bayden bilan ikkinchi teledebatda bellashadi. Bugun esa vitse-prezidentlikka nomzodlar teleduelda yuzlashadi. Tadbir tashkilotchilari ishtirokchilar salomatligini ta’minlash maqsadida respublikachi Mayk Pens va demokrat Kamala Harrisni bir-biridan pleksiglas, organik oyna bilan ajratib qo’ymoqchi, o’rtadagi masofa salkam 4 metr bo’ladi. Debatga taklif etilgan mehmonlar testdan o’tkaziladi, niqob taqishlari shart bo’ladi.

Tadbir Solk Leyk Siti shahrida o’tkaziladi. Vitse-prezidentlikka nomzodlar faqat bir debatda qatnashadi. Har ikkisi koronavirusga test topshirgan, natijalar salbiy chiqdi. Tramp va Oq uy xodimlari virusga uchrashi ketidan Vitse-prezident Pens uydan ishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG