Breaking News

Turkiya hukumati koronavirusga doir asl vaziyatni yashiryaptimi?


Anqara shahri
Anqara shahri

Turkiyalik shifokorlar va mahalliy siyosatchilarga ko’ra, markaziy hukumat koronavirus epidemiyasining yangidan avj olayotganiga ko’z yummoqda. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatda bir kunda o’rtacha 1600-1700 odamda koronavirus aniqlanmoqda, har kuni 60 ga yaqin odam o’lmoqda.

Xalqaro hayot – 18-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:29 0:00

Ikki million aholiga ega Shonliurfa shahrida vaziyat yomonlashmoqda.

“Rasmiylar mamlakat bo’ylab kuniga 1500 odam virus yuqtirayotgani haqida ma’lumot beryapti, ammo ba’zi kunlari yolg’iz Shonliurfaning o’zida 600 dan 700 gacha odam virus yuqtirmoqda. Rasmiy raqamlarning haqiqatdan yiroq ekani oydin”, - deydi shahardagi klinika rahbari Kenan Gengech.

Ikki hafta oldin Istanbul va Anqara hokimlari ham Sog’liqni saqlash vazirligi va joylardagi mutasaddilar berayotgan raqamlardagi nomutanosiblikka ishora qilib, xavotir bildirdi. Har ikki hokim muxolif Respublikachilar xalq partiyasidan.

Kenan Gengechning aytishicha, hukumat iqtisodiy zararni cheklashga intilmoqda.

“Sayyohlik mavsumi tugagani yo’q, shu sabab hukumatdagilar iqtisodiyotdan xavotirda. Ular koronavirus bilan kasallanish holatlarining ko’pligini oshkor etib, layoqatsizligini ko’rsatishni, jamoatchilik g’azabini keltirishni istamaydi. Shunga to’g’ri raqamlarni yashirishyapti”, - deydi klinika rahbari.

Shonliurfalik jurnalist Ibrohim Ug’urning aytishicha, hukumat yetarlicha ma’lumot uzatmayapti.

“Yaqingacha Shonliurfada qancha odam virus yuqtirayotganini chop etib borishayotgan edi, ammo endi bu ma’lumotlarni bermay qo’yishdi. Hozir faqat butun Turkiya bo’ylab berilayotgan raqamlarni chop etyapmiz”, - deydi u.

Shonliurfa aholisi kasallar soni aslida rasmiy raqamlardan ancha yuqori ekanini aytmoqda.

“Shonliurfada virusga chalinish holatlarining yuqoriligiga odamlarning beparvoligi sabab bo’lyapti. Hech kimning qoidalar bilan ishi yo’q, niqob taqishmayapti. To’ylarga borib, virus yuqtirib kelishyapti”, - deydi Mehmet Akdeniz ismli shaharliklardan biri.

So’nggi kunlarda kasallanish sur’ati keskin oshishi ketidan hukumat yangi cheklovlar joriy etdi. Uydan tashqarida niqob taqish majburiy bo’ldi, to’y kabi ijtimoiy tadbirlar bir soatdan oshmasligi lozim, raqslar va dasturxon yozishga ruxsat yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG