Breaking News

AQShda prezident va gubernatorlar vaziyat yomonlashishini bashorat qilmoqda


Nyu-York shahri
Nyu-York shahri

Koronavirus AQSh bo’ylab tarqalishda davom etarkan, shtat gubernatorlari va mamlakat prezidenti vaziyat yomonlashishi haqida ogohlantirmoqda. Donald Tramp ijtimoiy masofani tutish qoidasini aprel oxirigacha cho’zdi.

Xalqaro hayot – 30-mart, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:58 0:00

“Kasallikka qarshi kurashni tez tugatib, keyin yana boshidan boshlashni xohlamaymiz. 1-iyundan boshlab hayot normal holatga qaytadi deb o’ylayman”, - dedi Prezident Tramp.

Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi odamlarga yaqin 14 kunda Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlariga safar qilmaslikni tavsiya qildi. Nyu-Jersi gubernatori Fil Myorfining ogohlantirishicha, infeksiya tarqalishda davom etadi.

“Bunga odamlar qisman sababchidir. Bundan tashqari, aholini virusga tekshirishni kuchaytiryapmiz”, - dedi gubernator.

Yangi test virusni oldingidan bir necha kunda emas, bir necha daqiqada aniqlash imkonini beradi.

“Abbot Labs” kompaniyasi ishlab chiqqan va hukumat tasdig’idan o’tgan yangi test tizimi natijani besh daqiqada chiqarib beradi. Bu bizga virusni kuzatish, iziga tushish, tarqalishining oldini olish va oxir-oqibatda uni yo’q qilish salohiyatimizni kuchaytiradi”, - dedi Tramp.

Unga ko’ra, shu haftadan boshlab kompaniya kuniga 50 ming dona virusni aniqlash tizimlarini yetkazib turadi.

Ko’p odam ko’rikdan o’tgani sari shtatlar kasallanganlar soni ko’payishidan xavotirda.

“Aprel oyining birinchi haftasi yakuniga borib, tibbiy xizmat ko’rsatish salohiyatimiz dosh bermaydigan ko’rinadi”, - deydi Luiziana hokimi Jon Del Edvards.

Bu shtat ham Nyu-York kabi koronavirus o’chog’laridan biriga aylangan. Gubernator tibbiy anjomlar tugayotganidan nolimoqda.

“Sun’iy nafas oldirish apparatlari yetishmay qoladi deb o’ylayman. 4-5 aprelga borib bu apparatlarga muhtoj bemorlarning ehtiyojlarini qondira olmaymiz, yana bir necha kundan keyin esa yotoqlar ham qolmaydi deb o’ylayman”, - dedi Edvards.

O’pka ventilyatorlari boshqa joylarda ham tanqis.

“Eng kerakli ehtiyojimiz shu”, - deydi Nyu-Jersi gubernatori.

Prezident Tramp “Mudofaa uchun ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish” haqidagi qonundan foydalanib, “General Motors” avtomobilsozlik kompaniyasiga ventilyatorlar ishlab chiqarishni buyurdi. Hukumat tibbiy maskalarni sterillash texnologiyasiga ega yana bir kompaniyaga ham buyurtma berdi. Qonunchilar esa bu o’rtada aholidan ko’chaga chiqmaslikni so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG