Breaking News

Koronavirusga qarshi vaksina qachon chiqadi?


AQSh va Germaniya farmatsevtika kompaniyalari hamkorlikda COVID-19 kasalligiga qarshi vaksina ustida ishlamoqda.

Xalqaro hayot – 11-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:25 0:00

“Yosh, sog’lom inson sifatida dastlabki sinovlarda qatnashish menga mas’uliyat va burch hissini yuklamoqda”, - deydi sinovda qatnashishga rozi bo’lgan tibbiyot sohasi doktoranti Maykl Sikorski.

AQShning “Fayzer” (Pfizer) va Germaniyaning “BioNTek” (BioNTech) kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksina sinovining birinchi bosqichiga 360 kishini jalb qilgan.

Matritsa ribonuklein kislotalar usuli bilan bir paytning o’zida to’rtta vaksina sinalmoqda. Vaksina RNK orqali virusning genetik kodining oz qismini kiritadi. Tana uni begona oqsil sifatida ko’rib, immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi.

“Organizm endi tayyor. Unda xotira shakllangan. Haqiqiy virus bizga hujum qilganida immunitetimiz tez ishlab, unga qarshi kurashadi”, - deydi “Fayzer” bosh ilmiy xodimi Mikael Dolsten.

Hujayralardagi antikorlar umrini uzaytirish kompaniya oldidagi dolzarb vazifalardan biri.

Farmatsevtika kompaniyalari virusga qarshi vaksinani birinchi bo’lib yaratishga shoshilmoqda. AQShning “Moderna” kompaniyasi hamda AQSh Milliy salomatlik instituti RNK usulini ishga solgan holda o’tgan oydan beri sinovlar o’tkazmoqda. “Inovio” shirkati esa DNK usulidan foydalanmoqda. Xitoydagi sinovlar ikkinchi bosqichga o’tgan. Angliyaning Oksford universitetida ham o’tgan oy sinovlar boshlangan.

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi oktabrgacha vaksina yaratiladi deya bashorat qilmoqda.

”Uni yetarli miqdorda ishlab chiqarish muammo bo’lishi mumkin”, - deydi u.

Agar vaksina haqiqatan yil oxirigacha ishlab chiqarilsa, bu vaksina uchun rekord muddat bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG