AQShning “Inovio Pharmaceuticals” biotexnologiya kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga qaratilgan sinovlar sichqonlar va dengiz cho’chqalarida natija berayotganini ma’lum qildi.
Kompaniyaning joriy yilda to’rt baravardan ortiq oshgan aksiyalari bu yangilikdan so’ng yanada o’sgan.
Dunyo bo’ylab koronavirusga qarshi vaksina ustida izlanishlar faol ketmoqda. 100 ga yaqin shunday dastur mavjud. Mutaxassislar xavfsiz va samarali vaksinani yaratishga bir yildan bir yarim yilgacha vaqt ketishi mumkinligini aytmoqda.
“Inovio” kompaniyasi aprel oyida insonlarda sinovlarni boshlagan. Dastlabki natijalar iyun oyida ma’lum bo’lishi kutilmoqda.
Izlanishga zo’r bergan “Moderna” kompaniyasi oz sonli sog’lom ko’ngillilarda sinalgan eksperimental vaksina ta’sirida himoya antikorlari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
“Inovio” sinovlarini endi quyon va maymunlar kabi kattaroq hayvonlarda o’tkazmoqchi.
Hayvonlarda sinovlar muvaffaqiyatli kechsa-da, inson organizmi eksperimental vaksinaga o’zgacha reaksiya qilishi mumkin. Vaksina virusga to’siq qo’yuvchi antikor ishlab chiqishiga turtki bersa-da, virusga qarshi immunitet kuchi qanday bo’lishi va qanchaga yetishi hozircha ma’lum emas.
Bu o’rtada argentinalik olimlar yangi koronavirusga test tizimini yaratishga muvaffaq bo’ldi. 8 dollarlik test natijasi ikki soatdan kamroq vaqtda chiqadi.
"NEOKIT-COVID-19" deb nomlanuvchi tizimga xorijiy xaridorlar qiziqish bildirmoqda.
Argentina hukumati kelasi 10 kunda 10 ming dona test chiqarmoqchi.
Facebook Forum