AQSh shtatlari va tijoriy kompaniyalari odamlarni COVID-19 dan emlanishga undash maqsadida rag’batning turli ko’rinishlarini taklif etmoqda. Masalan, Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom emlanganlarga moliyaviy mukofot va naqd pul berishni ko’zlovchi 116 million dollarlik dastur haqida e’lon qildi.
“11-iyun kuni Kaliforniya shtatida qur’a tashlanadi. Shu kungacha emlangan har bir odamning ismi unga kiritiladi. 50 dollarlik karta olasiz. Shularning orasidan yana 15 kishi tanlab olinib, 50 ming dollar mukofot puli bilan taqdirlanadi”, - dedi hokim.
Kaliforniya koronavirus bilan bog’liq cheklovlarni 15-iyunda bekor qilishni rejalar ekan, 40 million aholi yashovchi shtatda 12 million odam hanuz emlanmagan.
"Vaksinaning birinchi dozasini olgan yoki 15-iyungacha olmoqchi bo’lgan odamlar 10 ta 1,5 million dollarlik mukofot puliga da’vo qilishi mumkin bo’ladi”, - dedi gubernator.
Amerikaning boshqa shtatlarida, xususan Nyu-York shahrida ba’zi kompaniyalar emlangani haqida hujjat taqdim etgan odamlarga tekin imtiyozlar taklif qilmoqda.
"Nyu-Yorkning Bruklin tumanidanman. Emlanganman. “Juniors” kafesida tekin chizkeyk va’da qilishgan, shunga keldim”, - deydi Kristina Joy ismli bir ayol.
Kafe egasi Alan Rozenning aytishicha, u xalq salomatligini targ’ib qilishga o’z hissasini qo’shmoqda.
"Hamma tezroq emlansa, hayot tezroq normal holatga qaytadi”, - deydi u.
Manxetenning Tayms maydonida ponchiklar sotadigan “Krispi Krem” kafesida esa emlanganlar tekin ponchik bilan mehmon qilinmoqda.
"Vaksina ponchigini olgani ketyapman, dedim. Albatta, ponchik olish uchun emlanganim yo’q, ammo berishayotgan bo’lsa, nimasi yomon”, - deydi Josh Sedakka.
Hayot qanchalik tez normallashsa, bizneslarga ham shunchalik yaxshi bo’ladi, mijoz ko’payadi.
Facebook Forum