Breaking News

Yilda to'rt fasl etik kiyib yuradigan kim?


Etikka o’zgacha mehr qo’yganlar - professional rodeochilar va kovboylar bu oyoq kiyimni boshqalaridan afzal koradi. Unda yurish oson va qulay, deydi ular
Etikka o’zgacha mehr qo’yganlar - professional rodeochilar va kovboylar bu oyoq kiyimni boshqalaridan afzal koradi. Unda yurish oson va qulay, deydi ular

AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligi berayotgan ma’lumotga qaraganda, ayrim shtatlarda qoramol boqadigan fermalar soni yildan yilga kamayib bormoqda.

Yoshlar orasida dehqonchlik va chorvachilik kasbini tanlayotganlar oz.

Lekin kovboylarning kundalik kiyimlari - etik, shlyapa, yarqiragan kamarlarga qiziqish hali ham yuqori. Sifatli kovboy etiklarining narxi bir necha ming dollarga yetishi mumkin.

Texas shtatida, Xyuston Qoramol va Rodeo shousi - etiksevar kovboylar uchun ayni muddao. Tadbirni etik bozori deb ham atashadi. Odamlar tuyaqushning terisidan yasalganini ham kiyib olgan.

“Buni rodeoga kiyib kelsa bo’ladi, lekin har kuni emas. Etikda yuradiganlar qanday chidashadi, aqlimga sig’maydi. Oyoq og’rib ketsa kerak”,- deydi mehmonlardan biri.

Etikka o’zgacha mehr qo’yganlar - professional rodeochilar va kovboylar bu oyoq kiyimni boshqalaridan afzal koradi. Unda yurish oson va qulay.

“Oyoqni og’ritmaydi. Mana uch soatdan beri tinmasdan sayr qilamiz. Bilingani ham yo’q hatto”,- deydi Sheldon ismli amerikalik.

Haqiqiy kovboylar qo’nji baland, uchi uchkirlarini yaxshi ko’radi. Bugun nafaqat dalalarda balki shaharda ham ko’plab etik kiyib yurganlarga ko’zingiz tushadi.

Texasning Xyuston shahrida aksariyat biznesmen va advokatlarni etikda yurganiga guvoh bo’lasiz.

Yilda to'rt fasl etik kiyib yuradigan kim?
Yilda to'rt fasl etik kiyib yuradigan kim?

Shaharda tashkil etilgan rodeo shousida istagan turdagi charm etikni topish mumkin. Bu sohada eng mashhur “Leddi” kompaniyasi AQShning taniqli insonlari va prezidentlari uchun etik tikib bergan. O’rtacha narxi 1600 dollar. Shirkat rahbari Mark Dunlap xaridorlar doim mamnun deydi.

“Mijozlarimizning asosiy qismi o’ziga to’q badavlat odamlar. Lekin oddiy kovboylar orasida ham xaridorlarimiz bir dunyo”.

Sifatli etiklarning eng muhim siri, deydi janob Dunlap, bu ularning maxsus yasalgan tagcharmi.

“Ko’nglingizga mos tushadigan etikni topib, uning tagcharmini oyog’ingizga moslab olsak, olam guliston”.

Yilda to'rt fasl etik kiyib yuradigan kim?
Yilda to'rt fasl etik kiyib yuradigan kim?

"Badavlat mijozlarimiz bor. Buyurtmaga tikib berishimizni so’rab, ko’plar murojaat qilishadi. Bunday hollarda ustalar shu mijoz bilan sinchkovlik bilan ishlaydi, uning ko’nglini ovlab hojatini chiqaradi",- deydi Danlap.

Timsoh terisidan yasalgan bu etiklar 10 ming dollargacha turadi.

“Buzoqning terisi masalan yumshoq bo’ladi. Ancha munchaga chidamli, lekin tez urinib qoladi. Tuyaqush, fil terilaridan ham etik tayyorlatadiganlar bor. Egasiga bir umr xizmat qiladi bunday poyabzal”-, deydi "Leddi" shirkati rahbari.

Etikni bezatish ham o’ziga xos bir an’ana.

“Xaridorning ko’ngli nimani tusasa shuni bajarishga harakat qilamiz. Ba’zilar yuqori qismiga katta e’tibor berishadi. Kimdir qayrilganini xohlasa, boshqalar naqsh solinganiga ishqiboz”,- deydi Mark Danlap.

Etiklarning yana bir xislati - uni kiygan odam o’zini asl kovboydek his etishidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG