Breaking News

Tramp respublikachilarni birlashtirish harakatida


Prezident Donald Tramp konservativ jamoalar anjumani (Conservative Political Action Conference (CPAC)) da so'zlayapti.
Prezident Donald Tramp konservativ jamoalar anjumani (Conservative Political Action Conference (CPAC)) da so'zlayapti.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, Vitse-prezident Mayk Pens va Oq uydagi boshqa rasmiylar Vashingtonda konservativ qarashdagi jamoalar bilan ko'rishdi. Maqsad ziddiyatli saylovlar ortidan respublikachilarni Tramp ma'muriyati atrofida jipslashtirish.

"Siz hech vaqt taslim bo'lmaydigan, mard, hamisha g'olib bir insonni sayladingiz", - dedi Pens Prezident Trampni himoya qilar ekan. "Amerikani yana buyuk davlat qilmaguncha u tinmaydi, sizga va'da beraman", - dedi u.

Vashingtonda konservativ qarashdagi guruhlar jamul-jam bo'ladigan bu anjuman, odatda, Demokratik partiyani urish uchun bir imkoniyatdir.

O'tgan yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasi Oq uy va Kongressni qo'lga oldi. Yig'inda asosan partiyani birlashtirish haqida gapirildi, prezidentga hamdu-sanolar aytildi.

Oq uy rasmiylari Reyns Pribus va Stiv Bennon ham anjumanda chiqish qilgan. Ular fursatdan foydalanib, umumiy g'anim - matbuotga hujum qildi.

Oq uydagi bosh strateg Bennon matbuotni yana muxolifat partiyasi deya tanqid qildi.

Tramp, deya ishontirdi u, Amerika iqtisodiyotini oyoqqa turg'izadi va ish joylari yaratib, bizneslarni mamlakatga qaytaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG