Bugun Qrim Avtonom Respublikasida referendum o’tdi. Aholiga Ukraina tarkibida qolish yoki Rossiyaga qo’shilish taklif etilmoqda. Yarimorol rasmiylariga ko’ra, saylovchilar o’ta faol. 14:00 ga qadar (mahalliy vaqt) saylovchilarning 54 foizi ovoz berdi, deydi ular.
Dastlabki natijalar shunday dalolat bermoqdaki, deya bildiradi Qrim rahbariyati, aksariyat fuqarolar Ukraina tarkibidan chiqib, Rossiyaga kirishni istaydi.
AQSh rahbari Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Ukraina hududiy yaxlitligini buzish xalqaro qonunlarga qarshi deya eslatgan. Putin fikrich esa Qrim ahli o'z kelajagini hal etmoqda.
Yevropa Ittifoqi Amerika bilan hamfikr. Germaniya, Rossiyaning yaqin biznes hamkori, Qrimni qo'shib olish federatsiyaga har tomonlama qimmatga tushadi, halokatli oqibatlarga yetaklaydi deya ogohlantirmoqda. Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar xususida gap ketmoqda.
Kecha BMT Xavfsizlik Kengashida mamlakatlarni referendum natijasini tan olmaslikka chaqiruvchi rezolyutsiya ovozga qo’yildi, biroq Rossiya veto huquqidan foydalanib, uning qabul qilinishiga to’siq qo’ydi.
Kengashning qolgan 14 a’zosidan faqat Xitoy betaraf bo’ldi, 13 mamlakat esa hujjatga ovoz berib, Ukrainaning hududiy daxlsizligini qo’llab-quvvatladi.
Pekinga ko’ra, rezolyutsiya qabul qilinsa, mojaroga yetaklashi mumkin.
AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer hujjat ma’qullanmaganidan afsusda, ammo tashkilot pozitsiyasi aniq, deydi u, xalqaro hamjamiyat Kreml qadamlarini qoralaydi.
Rossiya elchisi Vitaliy Churkinning aytishicha esa, rezolyutsiya xalqaro qonunchilik tamoyillariga zid, chunki BMT hujjatlarida xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashiga doir huquqi kafolatlangan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Rossiya harbiy kuchlari Qrim chegarasiga yaqin Strelkovoye qishlog’ini ish’gol qilgan. Qurol ishga solinmagan, biroq vazirlik Rossiyadan qo’shinlarini chiqarishni talab qilmoqda.
Ukraina chegarachilariga ko’ra, rus askarlari posyolkadagi gaz nasos stansiyasini qo’riqlamoqda.
Ukraina sharqidagi Donetsk shahrida hukumatga qarshi va Rossiyaga xayrixoh yirik namoyish bo’lib o’tdi. Haloyiq xavfsizlik xizmati joylashgan binoni ishg’ol qildi.
Kiyevda ham yirik chiqishlar bo’ldi. Biroq bu safar Qrimni Ukraina tarkibida qoldirish da’vatlari eshitildi. Moskvada esa ikki xil namoyish bo’lib o’tdi. Birida Rossiya va Sovet bayroqlarini ko’targan odamlar Qrimning Rossiyaga qo’shilishini qo’llab-quvvatlagan bo’lsa, ikkinchisida urushga qarshi shiorlar va xitoblar yangradi. Ularning xavotir bildirishicha, Ukraina va Rossiya o’rtasida Qrim ustidan urush boshlanib ketishi mumkin.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti NATO ga ko’ra, uning internetdagi bir necha sahifasi kiberxurujga uchragan.
Alyans matbuot kotibasi Oana Lungeskuning aytishicha, bu hol NATO faoliyatiga ta’sir ko’rsatgani yo’q. Xurujga kim qo’l urgani aytilmayapti, biroq oldin chiqqan xabarlarga ko’ra, o’zini “Kiber Berkut” degan guruh mas’uliyatni o’z bo’yniga olgan.
“Berkut” Ukrainada Maydondagi namoyishchilarga qarshi turgan militsiya maxsus bo’linmasi bo’lgan. Kiyevda hukumat yangilangach, qism tarqatildi. “Kiber Berkut” esa o’zini ukrainalik vatanparvar guruh deb ataydi va NATO ni mamlakat ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblaydi.
Ukraina mojarosini hal etish umidida bir necha bor uchrashgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun yana bir bor ko'rishib, Ukrainada konstitutsion islohot zaruratiga kelishdi.