Breaking News

AQSh qonunchilari Kubada


Senator Patrik Lexy 2012-yil fevralida ham Kubada bo'lgan
Senator Patrik Lexy 2012-yil fevralida ham Kubada bo'lgan
AQShning olti senator va ikki kongressmendan iborat delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan Kubada. Guruhga demokrat senator Patrik Lexi rahbar. Amerika qonunchilari Kubada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan tanishib, 2009-yilda 15 yilga qamoqqa tashlangan AQSh fuqarosi bilan ko’rishmoqchi.

Lexi boshchiligidagi qonunchilar guruhi o’tgan yili ham Kubada bo’lib, prezident Raul Kastro va boshqa rasmiylar bilan uchrashgan edi. Delegatsiya bu safar ham Kastro bilan ko’rishishi mumkin.

Senator Lexining aytishicha, AQShning Kubaga nisbatan siyosati eskirgan, kommunistik orol-davlat bilan munosabatlarni yaxshilash fursati keldi.

Kuba hukumati iqtisodiy islohotlar doirasida joriy yil boshida 1959-yill inqilobidan beri ilk bor soliqlarni joriy etdi, xususiy tadbirkorlikka qisman ruxsat berildi, ko'chmas mulk bozori yaratildi, oroliiklarning sayohat qilishiga qo'yilgan cheklovlar olib tashlandi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG