Breaking News

Kubada yoqilg'i tanqis. Ot-arava transport vazifasini bajarmoqda


Tramp ma’muriyatining Kubaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari hamda Venesueladan neft importining kamayishi oqibatida kommunistik orolda yoqilg’i tanqisligi kuchaygan. Natijada aholi transportning eskicha usullariga o’tgan.

Yoqilg’i tanqisligi Kubada transport, sanoat, qishloq xo’jaligi sohalariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, aholi ishga borib kelishda qiynalmoqda, jamoat transportiga chiqish uchun soatlab kutishga majbur.

“Mana bu ot-arava bo’lmaganida yana ancha kutishga to’g’ri kelardi”, - deydi davlat xizmatchilaridan biri.

“Muammolarga qaramay, ishni uddalashga majburmiz. Birdam bo’lib, bir-birimizga hurmat ko’rsatib, yordam berishimiz kerak”, - deydi transport inspektori bo’lib ishlovchi Xulio Millian.

Tamaki yetishtiriluvchi Pinar del Rio viloyatida fermerlar dalada traktor turib qolgan mahal ot va mollarni ishga solmoqda.

“Resurslar bo’lmasa-da, tamakini yetishtirib, uni uzishga majburmiz. Yurtimiz og’ir ahvolda. Mamlakatga yordam berishimiz kerak”, - deydi dehqon Antonio Garsiya.

Qishloq xo’jaligida traktorlar bilan bir qatorda omoch tortilgan ot va mollar ham shudgor ishlariga jalb qilinmoqda.

AQSh iqtisodiy sanksiyalari va ittifoqdosh Venesueladan neft importi kamayishi oqibatida yuzaga kelgan yoqilg’i tanqisligi tufayli Kubada yog’ilg’i shoxobchalarida uzundan-uzun navbatlar hosil bo’lmoqda, jamoat transporti qatnovi ancha kamaygan, energiya iste’molini kamaytirish maqsadida hukumat fabrika va zavodlar faoliyatini cheklagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG