Breaking News

Tarixdan saboqlar: Kennedi-Xrushyov kelishuvi


Sovet rahbari Nikita Xrushyov va AQSh prezidenti Jon Kennedi, Vena, 3-iyun, 1961
Sovet rahbari Nikita Xrushyov va AQSh prezidenti Jon Kennedi, Vena, 3-iyun, 1961
Bundan roppa-rosa 50 yil oldin dunyo yadroviy urush bo’sag’asiga kelgan. AQSh va Sovet Ittifoqi orasidagi mojaro diplomatik yo’llar bilan hal etilgan. Karib inqirozi deya tarixga kirgan bu voqealar haqida o’tgan dasturlarimizda hikoya qilgan edik. Saytimiz amerikaovozi.comda ham mavzu bilan tanishishingiz mumkin. Bugun esa e’tiboringizni Eron va G’arb orasidagi kelishmovchilikka qaratmoqchimiz. Xo’sh, bu mojaroni, Kuba inqirozi tarixidan saboq olgan holda, yechish mumkinmi?

Tarixdan saboqlar: Kennedi-Xrushyov kelishuvi /Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:49 0:00
Yuklab oling

Tarixchilar 1962-yil oktabr hodisalari yuzasidan yakdil: butun insoniyatni yadroviy urush bo’sag’asiga olib kelgan o’sha mudhish kunlarda AQSh prezidenti Jon Kennedi va SSSR rahbari Nikita Xrushyov kuchli iroda egalari ekanini namoyish qilgan.
Har ikkisi uzoqni ko’ra bilgan, deydi Xrushyovning o’g’li Sergey Xrushyov.

“Har ikkala rahbar idrokli bo’lgan. Avval o’q o’tib, keyin o’yla deb emas, balki birinchi o’yla, so’ng yana o’yla, undan keyin esa umuman otma, degan qabilda ish tuTgan”.

Inqirozdan ko’p o’tmay Kennedi va Xrushyov doimiy ravishda telefonda muloqot olib borishga kelishib oladi. Bu odat keyingI rahbarlarga ham o’tib, bugungacha yetib kelgan.

Kennedi va Xrushyov yadroviy sinovlarni faqat yer ostida o’tkazish yuzasidan ham bitim imzolagan.

1963-yilda Kennedi otib o’ldiriladi. Xrushyov esa hokimiyatdan chetlashtiriladi.

Bu ikki shaxs davlat tepasida uzoqroq turganida balki sovuq urushga ertaroq barham berilgan bo’lardi, deydi Sergey Xrushyov.

Biroq tarix boshqa yo’lni tanladi. Sovuq urush davom etdi.

Mixail Gorbachyov davrigacha ikki davlat qurollar poygasiga zo’r berdi.

Garvard Universiteti professori Grem Ellison Karib inqirozi muhim saboq bo’lgan deydi.

Maqsad urush qilishmi yoki murosa yo’lini izlash? O’z qudratingizni saqlab qolgan holda, mojaroning oldini olish uchun nima qilmoq zarur?

Ellison fikricha, hozirda prezident Obama Eron yadroviy dasturi yuzasidan shu singari savollar bilan yuzlashmoqda.

“Prezidentimiz Eronning atom bombasi yaratishini indamay kutib o’tirishi mumkin. Bu uning oldidagi bitta yo’l. Boshqasi Eronga hujum qilish va bu bilan yadroviy materiallar ishlab chiqarilmasligini ta’minlash. Hujum qilish kerakmi yoki indamay qarab turishmi?”

Prezident Kennedi oldida ham xuddi shunday jumboq turgan edi, deydi professor.

Lekin u masalaning yangi, uchinchi yechimini topgan. Obama ham shunday qilishi kerak, deydi Ellison.

“Umid qilamanki, saylovdan keyin AQSh hukumati juda yaxshi bo’lmasa-da, lekin hujum yoki jim turib kuzatishdan boshqa yaxshiroq yechimni topadi”.

Sergey Xrushyov fikricha esa Vashington Tehron bilan bevosita gaplashishi kerak.

“Sanksiyalar bilan qo’rqitmay, eng yuqori darajada, Amerika prezidenti va Eron prezidenti o’rtasida muloqot boshlash kerak. Kennedi Xrushyovni yoqtirmagan, Obama ham Ahmadinajodni xush ko’rmaydi. Lekin Kennedi ham, undan oldingi prezident Duayt Eyzenxauer ham sovet rahbariyati bilan gaplashmasa bo’lmasligini tushungan. Chunki muloqot qilmasangiz, dushmanni bilmaymiz”.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG