Breaking News

Kubada biznes qilish qiyinlashdi


Kubaga safar qilish sayyohlar uchun maroqli bo’lishi mumkin, ammo so’nggi paytda biznes bilan shug’ullanish qiyin bo’lib qoldi. Ernesto Gevaraning “La Poderosa Tours” sayyohlik kompaniyasi turistlarni orolda mototsiklda aylantiradi.

Uning aytishicha, Amerika bilan aloqalar tiklanganida biznes zo’r edi, sayyoh ko’p edi, ammo so’nggi paytda aloqalar yana sovuqlashib, ish yurishmay qoldi.

Kuba bilan diplomatik aloqalar sobiq Prezident Barak Obama tomonidan tiklangan edi, ammo prezidentlikka Donald Tramp keldiyu, orolga sayohat va Kuba bilan savdoni cheklab qo’ydi.

Yaqinda Kubada amerikalik diplomatlarga hujumdan so’ng munosabatlar taranglashdi.

Tadbirkor Akosta Kabreraning aytishicha, Kuba orolga sayohat qilayotgan amerikaliklarga manzur bo’lmoqda.

Masalan, sayyoh Bob Filmen safardan mamnun.

“Boshida qo’rqqan edik, biroq sayyohlik firmasi egasi bilan gaplashib, ancha tinchlandik. U muammo bo’lmaydi deb ishontirdi. To’rt kun sayr qildik, juda ham yoqdi”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG