Breaking News

Mayami - Kichik Kuba: yoshlar o'zgarishlar haqida nima deydi?


Kichik Kuba - Mayami, Florida shtati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:45 0:00

Kichik Kuba - Mayami, Florida shtati

AQShda kubaliklarning 70 foizi Florida shtatida yashaydi. Ularning aksariyati Mayami shahrida. Kuba va AQSh o'rtasidagi aloqalar tiklanar ekan, bu yerdagi kayfiyat ham o'zgarmoqda. "Amerika ovozi" shahardagi yosh kubaliklar bilan suhbatlashdi.

Ertalab Mayami aeroportiga borsangiz, yuklar karvoniga ko'zingiz tushadi.

Kubaga qo'yilgan to'siqlar ko'tarilar ekan, odamlar orol davlatga turli mahsulot va yuklarni jo'natmoqda. Ismel Alvaradoning aytishicha, embargoning bekor qilinishi ijobiy qadam.

"Bu yaxshi, chunki minglab eshiklarni ochib, Kubada bizneslar rivojlanishiga hissa qo'shadi. Oilalar birlashadi", - deydi u.

Alvarado kabi ko'plab yosh kubaliklar o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlaydi. Ular 60-yillarda Fidel Kastro rejimidan AQShga qochib kelgan eski avlodning farzandlari. Florida xalqaro universiteti bu haqda tadqiqot ham o'tkazdi.

"Yosh kubaliklar xuddi boshqa ispanzabonlar kabi demokrat yoki mustaqil saylovchi hisoblanadi", - deydi tadqiqotchi Xorxe Duani.

Mayami va uning atrofida bir millionga yaqin kubalik yashaydi. Bu degani, har uch odamdan birining kelib chishi shu yurtdan. Yoshlar kim ekanliklarini unutmaslikka harakat qiladi.

"Boshqa birovdan so'rasangiz, kimligini bilmasligi mumkin. Lekin kubalikdan so'rasangiz, kimligidan faxrlanishini aytadi", - deydi yosh yigit.

Kubaliklar madaniyatlarini san'at, musiqa va milliy taom va qahvaxonalar orqali yodga oladi.

"Issiqqonmiz. Ehtirosimiz kuchli", - deydi yoshlardan biri.

Ammo vatanlariga qaytishni istashmaydi.

"Kubani yoqtirmayman. Chunki so'z erkinligi va imkoniyatlar yo'q", - deydi bir yosh kubalik.

Orol davlatda jiddiy o'zgarish yuz bermas ekan, hech kim u yerga bormaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG