Breaking News

Pandemiya sharoitida kiberhujumlar ko'paymoqda


Isroil yuzlab veb-sahifalari Eron tomonidan xakerlik hujumiga uchraganini da’vo qilmoqda. Sahifalarning asl matni o’rniga ivrit va ingliz tillarida “Isroilning vayron bo’lishiga oz qoldi” degan gap qoldirilgan.

Xalqaro hayot – 26-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:36 0:00

Bu kiberhujum Isroil sodir etgani aytilayotgan Eronning Bandar Abbos portiga hujumga javob sifatida ko’rilmoqda. Bandargohga hujum esa Eronning Isroil suv xo’jaligi boshqarmasi saytiga qarshi kiberhujumiga javob ekani taxmin qilinmoqda.

Isroil kiberxavfsizlik sohasida yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan minglab askarlari harbiy xizmatini razvedka va kiberbo’limlarda o’tab, xizmatdan so’ng shu yo’nalishdagi noharbiy kompaniyalarda ishlaydi.

“Isroil kibertahdidlarga o’ziga xos tarzda yondashadi – ilm ahli, ijtimoiy va xususiy sektorlarni jalb qilib, ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi. Isroil kibertahdid faqat harbiy yoki noharbiy tahdid emasligini yaxshi tushunadi. Bu – milliy tahdid”, - deydi Tel-Aviv universitetining Kibernetik izlanish markazidan Gil Baram.

Isroilning “Checkpoint” kompaniyasi kiberxavfsizlik sohasida dunyodagi yetakchi shirkatlardan bo’lib, harbiy xizmatni birga o’tagan uch kishi tomonidan asos solingan. Kompaniya yaqinda Xitoyning Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat idoralari sahifalariga xakerlik qilishni maqsad qilgan josuslik amaliyotini fosh qildi.

“Bu hujumlarni yillar davomida kuzatganmiz, ammo kalavaning uchini endi topishga muvaffaq bo’ldik. Ko’plab hujumlar bir-biriga bog’langanini ko’rgan edik. Bu razvedkaning ishi bo’lib, yillab davom etib kelayotgan bir kampaniya doirasidagi hujumlardir”, - deydi “Chekpoint” kompaniyasidan Lotem Finkelshteyn.

Xitoy hukumatiga aloqador xakerlarni AQShdan ma’lumot o’g’irlashda ayblab kelishadi. Yaqinda koronavirusga qarshi vaksina bo’yicha olib borilayotgan izlanishga doir ma’lumotni ham o’g’irlashga harakat bo’ldi, biroq Xitoy hukumati ayblovlarni inkor etdi.

“Xitoy kiberhujumlardan, asosan, intellektual mulkni o’g’irlashda foydalanadi. Federal qidiruv byurosiga ko’ra, Xitoy AQShdagi sog’liqni saqlash tashkilotlariga qarshi xakerlik qilmoqda”, - deydi Gil Baram.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kompyuter tizimiga qarshi hujumlar ko’payganini aytib, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilmaguncha kiberhujumlar yanada ko’payishi haqida ogohlantirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG