Breaking News

Hujjatsiz yosh muhojirlar taqdiri Kongressda ovozga qo'yiladi


AQSh Kongressining Vakillar palatasida ko’pchilikni tashkil etuvchi respublikachi qonunchilar shu hafta immigratsiyaga doir ikki masalani ovozga qo’ymoqchi. Qonun loyihalari minglab hujjatsiz yosh immigrantlar taqdiriga doir. Agar hujjat qabul qilinmasa, aksariyati Amerikadan haydala boshlaydi.

Xalqaro hayot - 18-iyun, 2018-yil - Hujjatsiz yosh muhojirlar taqdiri Kongressda ovozga qo'yiladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:00 0:00

Sobiq prezident Barak Obama tashabbusi bilan boshlangan DAKA dasturi Amerikaga bolaligida kelib qolgan hujjatsiz muhojirlarga vaqtincha himoya bergan edi. Donald Tramp prezident bo’ldiyu, dasturni bekor qildi.

Ularning taqdiri endi qonunchilar qo’lida.

“Bu mamlakatdagi haqiqiy, katta muammolarni hal qilishni istasak, har ikki partiya birgalikda harakat qilishi kerak”, - deydi respublikachi kongressmen Vil Xyord.

Ushbu qonunchi bir necha kongressmen bilan birgalikda respublikachilarning palatadagi rahbariyatini shu hafta qonun loyihasi bo’yicha ovoz berishga undagan petitsiyani imzolagan.

“Qonunni qabul qilish va bu muammoni hal etish uchun real imkoniyatga egamiz”, - dedi palata spikeri Pol Rayan.

Qonun loyihasida DAKA dasturi ishtirokchilariga qonuniy maqom berish ko’zda tutilgan. Biroq ba’zilar nazarida, hujjat yetarlicha ovoz to’play olmasligi mumkin, murosa loyihasi esa hali tayyormas.

“Muqobil hujjatning matnini ko’rganimiz yo’q hali. Spikerimiz va boshqalar bu ishni bitirish uchun qattiq harakat qilmoqda. Murosasiz qonunni qabul qilish qiyin”, - deydi respublikachi Kris Kollins.

Petitsiya mualliflari vaqtincha yechimga rozi bo’lmasligini aytmoqda.

“DAKA ishtirokchilarining maqomi uzil-kesil hal bo’lsin, 1,8 million odamning kelajagiga aniqlik kiritaylik, hayotda olg’a qadam tashlashlari uchun imkoniyat beraylik”, - deydi respublikachi Jeff Denxem.

Demokrat qonunchilar bir imkoniyatni yaratib, boshqalaridan voz kechishga rozi emasmiz, demoqda.

“Respublikachilarning har ikki taklifi ham oilaviy immigratsiya tizimi va grin-karta lotereyasini bekor qilib, Donald Trampning chegarada devor qurish va ommaviy deportatsiya uchun qo’shimcha agent yollash rejalarini moliyalashga qaratilgan. Buning uchun ular DAKA dasturini bozorga solmoqda”, - deydi kongressmen ayol Judi Chu.

Murosasiz ish bitmasligini hamma anglamoqda. Aks holda qonun qabul qilinmaydi va dastur tugatilib, yoshlar deportatsiya qilina boshlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG