Ispaniya shimolida poyezd halokatga uchrab, 80 odam o’lgan. 140 dan oshiq kishi jarohatlangan. Poyezd Santyago de Kompostella shahri yaqinida relsdan toyib ketgani aytiladi. Voqea sabablari tergov qilinayapti. Bu 1972-yildan beri Ispaniyada ro’y bergan eng qonli transport halokati. O’shanda mamlakat janubida poyezd va avtobus to’qnashib, 80 odam nobud bo’lgan.