Breaking News

AQSh muvaqqat mudofaa vaziri Iroq, Afg'onistonga safar qildi 


AQSh mudofaa vaziri vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan Patrik Shanahan ilk bor xorijga safar qildi. Shanaxan 2017-yildan beri Pentagonda ishlab keladi, mudofaa vaziri lavozimida doimiy qolishi hali aniq emas.

Patrik Shanahan Iroqqa safar qilib, rasmiylar va askarlar bilan ko’rishdi. Bu mamlakatda Amerikaning 5200 askari bor.

“Iroq hukumatini tashvishga solayotgan masalalar, siyosiy muhit bilan tanishish uchun bordim”, - deydi u.

11-fevral kuni esa Pentagon rahbari Afg’onistonda bo’ldi. Bu mamlakatda ham AQShning 14 ming askari trening va janglarda qatnashmoqda.

Ekspertlarga ko’ra, Patrik Shanahan tashqi siyosatda pishishi kerak. U qariyb 30 yil “Boeing” korporatsiyasida ishlagan. Qurolli kuchlarda xizmat qilmagan, hukumatda atigi 1,5 yillik tajribasi bor.

"Vazir bo’laman degan odam byurokratiyani boshqarishni bilishi, davlat xavfsizligi masalalarida muammolarni oldindan ko’ra olishi kerak. Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanadigan odam tajribali bo’lishi, xorijiy rahbarlar bilan qanday gaplashishni bilishi lozim”, - deydi tahlilchi Todd Rozenblum.

Xalqaro koalitsiya “Islomiy davlat” jangarilarini Iroqdan siqib chiqardi, ammo AQSh qo’shinlari mahalliy armiyani treningdan o’tkazish uchun mamlakatda qolmoqda.

AQSh askarlari qo’shni Suriyada “Islomiy davlat”ga qarshi janglarda ham qatnashgan. Iroqdagi kuchlar, deydi Prezident Tramp, Eron xavfi sabab Iroqda qolishi mumkin.

Patrik Shanahan ayni damda Bryusselda, NATO majlisida qatnashmoqda. Ittifoqchilarni Trampning tanqidiga uchragan tashkilot haqida vazir nima deyishi qiziqtiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG