Urush jinoyatlarini tergov qilgan BMTning sobiq Yugoslaviya va Ruanda bo’yicha harbiy tribunalida bosh prokuror bo’lib ishlagan Karla del Pontening aytishicha, Suriyada isyonchilar kimyoviy qurolni ishga solganiga doir shubhalar bor.
Del Ponte hozir Suriyada inson huquqlarining poymol etilishini taftish qilayotgan BMT komissiyasining a’zosi. Uning aytishicha, jabrdiydalar va shifokorlar prezident Bashar Assadga qarshi kurashayotgan isyonchilar zaharli zarin gazini qo’llagan, deya guvohlik bergan.
"Buni tasdiqlovchi dalil qo’limizda yo’q, tergov yakunlanmagan hali", - deydi Karla del Ponte.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya hukumatidan tashkilot inspektorlarini mamlakatga kiritib, bu da’volarni tekshirishga ruxsat so’ragan, ammo rasmiy Damashq rad javobini bergan. Britaniya, Fransiya va Isroilga ko’ra, kimyoviy qurolni isyonchilar emas, Assad hukumati ishga solgan.
Del Pontening aytishicha, hukumat kuchlarining bu ishga aloqadorligini tasdiqlovchi dalil topilmagan.