AQShning blugrass musiqiy janrida qo’shiq aytib tanilgan “Della Mey” ayollar ansambli o’tgan yilning kuzida O’zbekistonda bo’ldi.
Guruh vakillari maktablarga borib, o’z san’atidan so’zladi, darslar va konsertlar berdi. Bu AQSh Davlat departamentining Amerika va O’zbekiston ahli o’rtasida rishtalarni mustahkamlashga qaratilgan dasturi (American Music Abroad) doirasida uyushtirgan safar edi.
Davlat departamenti bir yilda 12 musiqiy jamoani saralab olib, dunyoning turli burchaklariga jo’natadi. Ularning vazifasi, oddiy qilib aytganda, kuy-qo’shiq ijro etib, do’stlar orttirish, mahalliy sozanda va xonandalar bilan hamkorlik qilish.
“Unda ishtirok etganimizdan boshimiz osmonga yetdi, hayotimiz, dunyoqarashimiz butkul o’zgardi”, - deydi Siliya (Sisiliya) Vuds-Smit (CeCelia Woods-Smith), “Della Mae” ansambli a’zosi.
“Ochig’i, O’zbekiston, Markaziy Osiyo haqida umuman tushuncham yo’q edi. O’zi, Amerikada aksariyat dunyoning u qismidan bexabar. Yo’lga chiqishimdan oldin bu mintaqa va uning tarixi haqida kitoblar sotib olib, o’qidim”, - deydi Sisiliya.
Guruh tashrif chog’ida “Turkiston” saroyida katta konsert berdi. Mahalliy sozandalar bilan birga milliy qo’shiqlarni ham chalishdi.
“Auditoriya bizni juda zo’r qarshi oldi. Markaziy Osiyoga safarimiz doirasida avvalo O’zbekistonda to’xtadik. Birinchi borgan maktabimiz esimda. Bolalar ochiq chehra bilan, doiralar bilan kutib olishdi. Ularni ko’rib, biz o’yinga tushib ketdik! O’zbekiston xalqiga xos mehmondo’stlik bilan mana shunaqa qilib tanishdik”.
Blugrass tarixi bu davlatga kelib qo’nim topgan ilk ingliz, shotland, irland muhojirlariga borib taqaladi. Janr mana shu elatlarning musiqiy an’analaridan kurtak otgan.
“O’zbekistonliklarda blugrass janri haqida ma’lumot ko’p emas. Aslida Amerikada ham bu janrni hamma ham tushunavermaydi. Tor bir yo’nalish-da. Menimcha, biz O’zbekiston ahlida blugrass haqida ozmi-ko’pmi tasavvur paydo qila oldik. Safarimiz yakunida ayrim jurnalistlar bu yo’nalishni blu-uz-grass deya atay boshladi”, - deydi Sisiliya.
Uning nazarida tashrif mazmunli, omadli kechdi. Ko’zlagan maqsadga erisha oldik, deb hisoblaydi u.
“Odamlar bir-birini tushunishi qiyin. Davlat arboblari, siyosatchilar ko’rishib gaplashadi. Muzokaralar o’tkazadi, rasmiy gaplar aytiladi. Lekin qo’shiq kuylab, kuy chalib, ko’z-ko’zga tushgan boshqa. Bu safar paytida Amerika va Markaziy Osiyo o’rtasida ko’prik rolini o’tagandek, bu xalqlarni yaxshiroq tushungandek sezdik. Odamlar bilan o’tirib, birga ovqat tanovul qilish, gaplashib, qo’shiq aytish – oraga iliqlik olib kiradi oddiy ko’ringan bu narsalar”, - deydi blugrass ustasi.
Biz sozanda va xonandalarmiz, siyosatchi emasmiz, deydi suhbatdosh.
“Shodlik, ko’tarinki kayfiyat, tinchlik ulashish uchun bordik biz O’zbekistonga. Birovni tanqid qilib, qo’zg’olon boshlash uchun borganimiz yo’q edi u yerga. Vazifamiz musiqa ijro etish edi. Men xonandaman va aynan shu kasbim orqali xalqlar bilan bog’lanishni xohlayman”, - deydi Sisiliya.
Bu safar hayotini tubdan o’zgartirib yubordi.
“Hozir suratlarga ko’z yugurtirib chiqayapman, ajoyib insonlar bilan uchrashdik. Maktablar, bolalarni aytmaysizmi? Sozlarnichi? Hammamiz bir-birimizga juda o’xshab ketamiz. Odam taftini odam oladi. Davlatlar o’rtasida katta-katta ko’priklardan ko’ra, mana shunday kichik qadamlar qancha ko’p bo’lsa, afzaldir. O’zbekistonga va o’sha mintaqaga yana boraman degan umidim bor”, - deydi “Della Mae” vakilasi Sisiliya Vuds-Smit.
"Turkiston" saroyidagi konsertdan parcha: