Breaking News

AQSh shifokorlari koronavirus pandemiyasidan olingan saboqlari haqida


AQSh koronavirusga uchraganlar va undan o’lganlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda ekan, bu mamlakatdagi ayrim shifokorlar kasallikka qarshi kurash jarayonida ancha saboq olganini aytadi.

Xalqaro hayot – 28-aprel, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:29 0:00

Ulardan biri Nyu-Yorkdagi “Mount Sinay” kasalxonasining tez yordam bo’limi doktori Jolion Makgrivi.

“Bemorga burun trubkasi orqali 6 litr kislorod berilganidan so’ng uning ahvoli tobora yomonlasha borganini ko’rib, intubatsiyaga o’tishga majbir bo’ldik. Hozir bilsak, ayrim bemorlarga kislorod berilsa kifoya, ayrimlarini esa o’pkani ventilyatsiya qilish uchun Ikki bosqichli musbat havo yo'li bosimi apparatiga ulaymiz. Odamlarni pron holatga qo’yish mumkinligini ham o’rgandik”, - deydi shifokor.

Pron holatda bemor qorniga yotqiziladi. Bu ham davolashning muvaffaqiyatli usullaridan biri bo’ldi, deydi Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetining Tibbiyot markazi kardiologi Jennifer Xeyte.

"Nazariya shundan iboratki, o’pka shimgichga o’xshaydi. Agar uzoq vaqt tepaga qarab yotsangiz, tortishish kuchi ichingizdagi barcha sekretsiyalar va suyuqlikni tortib olib, o’pkaning shu qismini bog’lab qo’yadi. Qoringa yotishingiz bilan tananing old qismidagi hudud bo’shatilib, o’pka ochiladi va kengayadi, natijada kislorod kelishi osonlashadi”, - deydi shifokor.

Unga ko’ra, AQSh, Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar kasalxonalarida zarur anjomlar yetishmagani ham pand berdi.

"Shunday bo’lishini avvalroq bilganimizda edi, zarur narsalarni tayyorlab qo’ygan bo’lardik. Kasalxonalar bu qadar to’lib ketmasdi”, - deydi Xeyte.

Terapevt Anju Goel virusning qariyalarga ta’siri o’zgacha bo’lishini oldinroq bilmaganini aytadi.

“Ularda kasallik og’irroq kechishini ertaroq bilganimizda bu tabaqa vakillarining virusga chalinishining oldini olish uchun ma’lum cheklovlarni joriy etib, asoratlariga qarshi kurashish uchun muolajani ertaroq boshlagan bo’lardik”, - deydi shifokor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG