Breaking News

Blyuz janri ustalari haqida hujjatli film


Texas shtati, Ostin shahrida yaqinda kuy va kino shinavandalari jamuljam bo’ldi. 30 yillik tarixga ega bu festivalda ayniqsa blyuz janriga doir ajoyib filmlar namoyish qilindi. Blyuz bir asrlik yoshini qarshilamoqda. Festivalda “Men blyuzman” nomli film ham ko'rsatildi.

“Shu sahnaning vakili ekanimdan, blyuz xonandasi ekanimdan, qora tanli ekanimdan faxrlanaman”, - deydi u.Bobbi Rash jahonning har xil sahnalarida kuy ijro etsa-da, kichik davralarni ham esdan chiqarmaydi.

Bobbi Rash rejissyor Daniel Krossga blyuzning eng keksa ustalarini qidirib topishga yordam berdi. Ular unut bo’lmasligi kerak.

“Bu janrda umr bo’yi ijod qilib kelayotgan insonlarni izlab topdik. Ular hali ham blyuzni qiyib chaladi”, - deydi rejissyor.

Filmda blyuz janrining ayol namoyandalaridan, texaslik Barbara Linni ham ko’rasiz. U 1962-yilgi mashhur kuyini ijro etadi.

Rejissyor Kross mazkur filmini asosan “Southwest” kabi festivallarda namoyish qilayapti.

“Haqiqiy professionallar yig’iladigan festivallarda ijodingizni ko’rsatsangiz baribir boshqacha. Albatta, keng tomoshabin ham taklif qilinadi, blyuz ustalariga hamdu sanolar aytadi”, - deydi rejissyor.

Kinoasar Yevropadagi festivallarda qatnashib ulgurdi. Joriy oy Torontodagi hujjatli filmlar festivaliga ham taklif qilindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG