Breaking News

Pompeo Doxadagi muzokaralar oson kechmasligini bashorat qilmoqda


12-sentabr kuni Qatar poytaxti Doxada Tolibon harakati Afg’oniston hukumati bilan ilk muzokarani boshlaydi. Tadbirga yo’l olgan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning tan olishicha, muloqot oson va silliq kechmaydi, tomonlar qattiq tortishishi kutilmoqda. Biroq, dedi Pompeo, bu uzoq yillik mojaroga barham berishga, tinchlikka erishishga yagona yo’ldir.

Xalqaro hayot – 11-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:03 0:00

Qo’shma Shtatlar fevral oxirida Tolibon bilan Doxada tinchlik bitimi imzolab, qo’shinlarini Afg’onistondan chiqarish evaziga toliblarni afg’on hukumati bilan muzokara boshlashga ko’ndirdi.

“Bu afg’onlar o’rtasida so’nggi salkam 20 yildagi ilk muloqot bo’ladi”, - dedi Pompeo.

AQSh Prezidenti Donald Tramp 2016-yil saylov kampaniyasi paytida askarlarni Afg’onistondan chiqarishga va’da bergan edi. Fevral oyidan beri 13 ming askarning bir qismi olib chiqildi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasidagi tarixiy muloqot 3-noyabr saylovida g’alaba qozonishga umid qilayotgan Trampga qo’shimcha siyosiy ochko keltiradi.

AQSh prezidentining payshanba kungi matbuot anjumanida aytishicha, noyabr oyigacha Afg’onistonda amerikalik askarlar sonini 4000 gacha kamaytirish rejalangan.

“Harbiylarimiz sonini nolga tushirish Tolibonning shartnomadagi majburiyatlarini bajarishiga bog’liq, xususan Afg’onistondagi terror harakatlarini to’xtatishiga”, - dedi Pompeo.

Qo’shni Pokiston Doxadagi muloqotni olqishlamoqda. Qo’shma Shtatlar ko’pdan beri Islomobodni Tolibonga yordam ko’rsatayotganlikda, rahbarlariga o’z hududida boshpana berayotganlikda ayblab kelayotgan edi.

Tramp ma’muriyati Pokistonni Tolibonga bosim qo’yishga undash maqsadida 2018-yilda Islomobodga harbiy yordamni kesdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG