Breaking News

AQSh rahbari tarixda ilk bor Yig'i devoriga bordi


President Trump Visits Western Wall in Jerusalem
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:27 0:00

Quddus, 22-may, 2017

Donald Tramp Amerikaning Quddusdagi muqaddas devorga qo'l tekkizgan ilk rahbari bo'ldi. Shu paytgacha AQShning biror rahbari bu yerga qadam ranjida qilmagan edi. Yahudiylar uchun bu eng ko'hna dargoh. Yig'i devori deb ham ataladi.

Iudaizm boshlangan maskan deb hisoblanuvchi nuqtani nasroniy dinidagi Tramp boshiga yahudiy do'ppi kirgan holda 30 soniya davomida ushlab turdi. Prezident ibodat qildi.

Bu devor eramizdan oldingi 70-yilda rimliklar tomonidan buzib tashlangan ibodatxona qoldig'idir.

Musulmonlar esa bu qadamjoni al-Haram al-Sharif deb biladi, al-Aqsa masjidi. Yahudiylar kelib devorni ushlasa, islom ahli uning tepasidagi masjidga kiradi.

"Bir umrga esda qoladigan lahza", - dedi Tramp.

Har yili bu yerga millionlab sayyohlar kelib keladi, nafaqat yahudiylar, balki nasroniy va musulmonlar ham.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu deydiki, Trampning devorga borgani tarixiy voqea va uning bag'rikeng inson ekanini anglatadi. Amerikaning 45-prezidenti taqvodor emas va yirik din yetakchilarini siyosatchilar deya qoralab keladi.

Tramp Isroil va Falastin yonma-yon tinchlikda yashaydigan ikki mustaqil davlat bo'lishi kerak deb, Amerikaning bu boradagi azaliy pozitsiyasini quvvatlaydi. Barak Obama prezidentligi davrida ham shunday yondashuv hukmron edi, lekin u paytda Netanyahu Oq uy bilan til topisha olmagan. Tramp, uning fikricha, hamkorlik qilsa bo'ladigan lider.

Biroq Tramp ham Falastin va Isroil kelajagi xususida Obama bilan hamfikr, ya'ni yahudiy davlat bosib olgan yerlaridan falastinliklarni quvishni to'xtatib, o'z fuqarolari uchun yangi uy-joy qurishni bas qilishi lozim.

Muqaddas devor joylashgan hudud Iordan daryosining g'arbiy sohilida va 1967-yilda Isroil tomonidan ishg'ol qilingan. Arablar, ko'plab amerikaliklar va hatto yahudiylar ham uni Falastin yeri deb hisoblaydi.

Quddus kelajagi ham savol ostida. Falastin uni o'zining bo'lajak poytaxti deb ko'radi. Isroil ham unga o'z markazi deb qaraydi. Xalqaro hamjamiyat buni tan olmaydi. Chet el elchixonalari va davlat idoralarining aksariyati Tel-Avivda.

Tramp nasroniylar uchun muhim ziyoratgohlarda ham bo'ldi. Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan ko'rishgach, u Vatikanga yo'l oladi.

Quddus, 22-may, 2017
Quddus, 22-may, 2017

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG