Breaking News

Donbassda mojaro yangilanishi ehtimoli mavjud


Arxiv surat (2019-yil)
Arxiv surat (2019-yil)

Rossiya Donbassda mojaroning jonlanishi Ukrainaga qimmatga tushishi mumkin, deya ogohlantirmoqda. Rasmiy Kiyevning bildirishicha, Rossiya chegarada harbiy salohiyatini oshirmoqda. Ijtimoiy sahifalardagi tasvirlarga ko’ra, Rossiya Qrim va Ukraina bilan chegaradosh rayonlarga tank, zirhli texnika, qo’shinlarni safarbar etmoqda.

Xalqaro hayot – 2-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:34 0:00

Ukraina harbiylari mojaro yuz bergudek bo’lsa, javob berishga tayyor ekanini bildirmoqda. Ikki davlat bir-birini Donbassdagi sulh bitimini buzayotganlikda ayblab keladi.

NATO elchilari yaqinda uchrashib, chegarada rus qo’shinlari soni oshib borayotganidan xavotir bildirdi.

AQSh va Ukraina mudofaa vazirlari ham muloqot qilib, Rossiyaning bunday harakatlarini provokatsiya deb atadi.

Rossiya yaqinda hududda harbiy mashqlar o’tkazgan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiyaning chegaradagi harakatlarini tahdid deb ko’rishga hojat yo’q, biroq hududda NATO va ayrim davlatlar faolligi oshgan va Rossiya ogoh bo’lishga majbur.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko’ra, Ukraina harbiy rahbariyati Donbassdagi qaynoq mojaro xavfini yaxshi tushunadi.

“Umid qilamanki, harbiylar AQSh yetakchiligidagi G’arb gijgijlashlariga uchgan ukrainalik siyosatchilar tomonidan yo’ldan urilmaydi. Prezident Putinning yaqinda qilgan bayonoti hali ham dolzarb, ya’ni Donbassdagi yangi urush Ukrainani vayron qiladi”, - dedi Lavrov.

Rossiya Donbassdagi mojaroda Ukraina sharqidagi bo’lginchilarni qo’llab-quvvatlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG