Breaking News

Dubayda savdo markazlari, restoranlar ochilgan


Koronavirus pandemiyasi sabab karantin hukm surgan Dubayda bir oylik tanaffusdan so’ng savdo markazlari qayta ochilgan.

Ramazon oyining boshlanishi bilan shaharda 24 soatlik komendant soati yengillashtirilib, odamlarga jismoniy mashq qilishga va zarur narsalar xarid qilishga imkon berildi.

Ayrim restoran va kafelar ham ochilgan, 30 foizdan ko’p xaridor va xo’randa qabul qilmaslik sharti bilan. Jamoat transporti qatnovi tiklangan.

Odatda kiyim-kechak va boshqa narsalarni xarid qiluvchi dubayliklar bu gal niqoblar, qo’lqoplar qidirib do’konga chiqqan. Savdo markaziga kirishdan oldin xaridorlarning tana harorati o’lchanmoqda, ijtimoiy masofani saqlash maqsadida pol ustidagi belgilarga rioya qilish buyurilgan.

Komendant soati qisqarib, endi kech soat 10 dan sahar 6 gacha amal qilmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarida 10 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan bo’lsa, 76 kishi o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG