Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish AQSh markazi rahbari Kongressga G'arbiy Afrikadagi Ebola virusiga oid vaziyat yuzasidan hisobot berdi. Markaz kasallik aniqlangan hududlarga o'z mutaxassislarini jo'natgan. Ayni paytda Atlantadagi Emori universiteti kasalxonasida Ebola virusi bilan xastalangan ikki AQSh fuqarosi davolanmoqda.
Ebolaga qarshi kurashda AQSh mutaxassislari ishtirok etmoqda

1
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish AQSh markazi direktori Tom Friden Kongressda o'tgan tinglovda G'arbiy Afrikadagi Ebola inqirozi haqida hisobot bermoqda, Vashington, 7-avgust, 2014-yil.

2
Nigeriyaning Tashqi aloqalar markazida xalqaro diplomatik xizmat vakillariga Ebolaga oid so'nggi vaziyat haqida ma'lumot berilmoqda, Abuja, 7-avgust, 2014-yil.

3
Nigeriya Sog'liqni saqlash vaziri Onyebuchi Chukvu xalqaro diplomatik xizmat vakillariga Ebolaga oid so'nggi vaziyat haqida ma'lumot bermoqda, Abuja, 7-avgust, 2014-yil.

4
Ebola virusidan o'lgani taxmin qilingan odamning jasadi ko'chada qarovsiz yotibdi, Monrovia, Liberiya, 5-avgust, 2014-yil.