Breaking News

Misr prezidenti “Al-Jazira” muxbirlari ustidan hukmga aralashmaydi


Qatarda asoslangan telekanalning uch jurnalistidan biri, avstraliyalik Piter Greste.
Qatarda asoslangan telekanalning uch jurnalistidan biri, avstraliyalik Piter Greste.

Kecha Qohira sudi “Al-Jazira” telekanalining uch muxbirini yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Misr prezidenti Abdul Fattoh al-Sissiy adliya tizimining ishiga aralashmoqchi emas. Kecha Qohira sudi “Al-Jazira” telekanalining uch muxbirini yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Ular taqiqlangan Musulmon birodarlar partiyasini qo’llab-quvvatlash va soxta xabarlar tarqatishda aybdor deb topildi.

Sissiyning bugun televideniyeda qilgan chiqishida aytishicha, sud hukmi hurmat qilinishi lozim, tanqidga o’rin yo’q.

Uch jurnalist – avstraliyalik Piter Greste, Misr va Kanada fuqaroligiga ega Muhammad Fahmi va misrlik Bahir Muhammad ustidan o’qilgan hukm jahon yetakchilari va matbuot himoyachilari tanqidiga uchradi.

Misr hukumati Qohira sudining harakatlarini himoya qilayapti va xalqaro hamjamiyatni o’zga davlat ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblab tanqid qilmoqda.

Avstraliya Bosh vaziri Toni Abbot Misr adliya tizimi mustaqil ishlashga haqli, deydi, lekin Avstraliya qarordan hayratda.

“Sud xolis va ochiq ishlashi kerak. Jurnalist Piter Grestening oilasi bilan gaplashayapmiz. Misr hukumati bilan ham muloqotdamiz, Gresteni imkon qadar tez vatanga qaytarishga harakat qilamiz”, - deydi Toni Abbot.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri ham Misr sudining ahdidan norozilar safida. “Sud qarori nihoyatda qo’rqinchli va vahimali”, - deydi diplomat.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha bosh komissari Navi Pillay ham jurnalistlarni zudlik bilan qo’yib yuborishga undayapti. Misrda matbuot jazolanishi emas, himoya qilinishi kerak, deydi u.

“Al-Jazira” telekanalining izohicha, jurnalistlar kasbini bajargani uchun qamoqqa tashlandi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG