Breaking News

Misr yangi qomusiga ovoz berish boshlandi


Misrning xorijda yashovchi fuqarolari yangi konstitutsiya uchun ovoz bermoqda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:58 0:00
Yuklab oling

Referendumga qo’yilgan qomusni asosan islomiy kuchlar ishlab chiqqan, matn liberal va dunyoviy tizim tarafdorlari tanqidiga uchragan edi.

Misrning o’zida ovoz berish jarayoni shanba boshlanadi.

AQSh Davlat kotibining Demokratiya va inson huquqlari bo’yicha muovini Maykl Pozner kecha Misrga safarini yakunlar ekan, yangi konstitutsiya aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qilishi kerak, dedi.

Uning aytishicha, misrlik jurnalistlar orasida mamlakat kelajagi yuzasidan xavotirlar kuchli.

Yangi qomus muhokamasi paytida liberal va xristian qonunchilar musulmon deputatlar bilan kelisha olmay, jarayonni tark etgan.

Oppozitsiya hujjatda islomiy qoidalarga keng o’rin ajratilgani, xotin-qizlar huquqlari deyarli tilga olinmaganini aytadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG