Beqaror Misrda muxolifat yetakchisi Muhammad al-Barodiy yaqinlashayotgan parlament saylovlarini boykot qilishga chaqirmoqda. Jarayonga ishonch yo’q, deydi u.
Prezident Muhammad Mursiy bu hafta boshida saylovlar o’tishini e’lon qilib, xalqni demokratik tanlovda faol qatnashishga undagan edi.
Al-Barodiy fikricha Musulmon Birodarlar boshliq hukumat ommaning qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirmoqda. Nayrangbozlik yo’li bilan yana islomchilar saylanadi va xalq aldanadi, deydi al-Barodiy.
Bir paytlarda BMT qoshidagi xalqaro atom agentligini boshqargan al-Barodiy 2010-yilda Husni Muborak rahbarligidagi saylovlarni ham boykot qilishga chaqirgan, 2011-yil fevralida esa Muborak hokimiyatdan ag’darilgan edi.
Saylovga ishonmagan xalq unda qatnashmasligi va tadbir tashkil etilishiga qarshi chiqishi kerak, deydi arbob.
Misrda saylovlar bir necha haftalik jarayon. Parlament uchun 27-aprelda boshlansa, mamlakat bo’ylab to’rt bosqichda o’tadi.
Hozir jamiyat islomiy tuzum va dunyoviylik tarafdorlariga bo’lingan.
Prezident Muhammad Mursiy Misr zamonaviy, demokratik va erkin davlat bo’ladi deya qanchalik bong urmasin, ko’plab fuqarolar Musulmon Birodarlarning maqsadini ezgu deb bilmaydi. Bu harakat jamiyatni orqaga tortadi, yanada qoloqlashtiradi, deydi al-Barodiy singari dunyo sahnasida tanilgan arboblarga ergashayotgan misrliklar.
Islomiylikni targ’ib qiluvchi tomonlar esa Misr kelajagini din muhim rol o’ynaydigan tuzumda ko’radi.