Breaking News

Misr Konstitutsion sudi prezidentning bahsli qaroriga fikr bildiradi


"Musulmon Birodarlar davlatni barbod qildi", deyiladi mana bu plakatda, Qohira, 29-mart, 2012
"Musulmon Birodarlar davlatni barbod qildi", deyiladi mana bu plakatda, Qohira, 29-mart, 2012
Misrda yangi konstitutsiya ustida ish olib borgan komissiya hujjatning yakuniy ko’rinishiga bugun ovoz bermoqchi. Televideniye jarayonni efirga jonli uzatadi. Komissiya tarkibida, asosan, islomiy partiyalar vakillari bor. Liberallar va nasroniylar uning ishini bir necha haftadan beri boykot qilib keladi.

Mamlakatda prezident Muhammad Mursiyning qaroriga norozilik kuchayar va Oliy Konstitutsion sud yakshanba kuni komissiyani tarqatish masalasini ko’rib chiqishga hozirlanar ekan, muxolifat nazarida prezident tarafdorlaridan iborat komissiya yangi konstitutsiyaga ovoz berish jarayonini tezlashtirmoqchi.

O’tgan payshanba qabul qilingan hujjatga ko’ra, sud yoki boshqa idoralar davlat rahbarining qarorlarini qayta ko’rib chiqishi mumkin emas. Mursiy, shuningdek, Oliy suddan parlamentning yuqori palatasi va yangi konstitutsiyani tayyorlash uchun mas’ul komissiyani tarqatish vakolatini olgan.

Iyun oyida parlamentning quyi palatasini tarqatgan Konstitutsion sud hafta oxirida yuqori palataning qonuniyligi bo’yicha ham qaror chiqarishi kutilmoqda. Unda ham, quyi palatada bo’lgani kabi, islomiy partiyalardan ko’p vakillar saylangan.

Prezident Mursiy tanglikni yumshatish maqsadida bugun xalqqa murojaat etishi kutilmoqda.

Bu o’rtada poytaxt Qohira va boshqa shaharlarda Mursiyga qarshi namoyishlar davom etmoqda. “Musulmon Birodarlar” va unga ittifoqdosh guruhlar tarafdorlari shanba kuni ko’chaga chiqamiz, demoqda.

Kecha mamlakatdagi barcha sudlar prezident qaroriga norozilik ramzi sifatida ishini to’xtatgan. Konstitutsion sudning prezident qaroriga nisbatan pozitsiyasi ma’lum bo’lmaguncha, ishga chiqmaymiz, demoqda ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG