Breaking News

Qohirada namoyishlar, Mursiy safdoshlariga yana bir hukm


Qohira ko'chalarida "Musulmon birodarlar" tarafdorlari namoyishda. Politsiya ularni tarqatib yuborish uchun ko'zni yoshlantiradigan gaz ishlatgan. Zo'ravonliklardan ikki kishi o'lgan.
Qohira ko'chalarida "Musulmon birodarlar" tarafdorlari namoyishda. Politsiya ularni tarqatib yuborish uchun ko'zni yoshlantiradigan gaz ishlatgan. Zo'ravonliklardan ikki kishi o'lgan.

Misrda "Musulmon birodarlar" harakati yetakchisi Muhammad Badiy va uning 36 safdoshi bir umrga qamoq jazosiga mahkum etildi.

Badiy va boshqalar qonli namoyishlar ortida turganlikda, begunoh insonlar hayotiga tahdid solganlikda aybdor deb topildi.

Bundan oldin ham bu shahxslar boshqa qabih jinoyatlarda ayblanib, sudlangan va ikki ish bo’yicha aynan Badiyning o’zi o’lim jazosiga loyiq topilgan.

Sudning bugungi qaroriga ko’ra, "Musulmon birodarlar" ning 10 a’zosiga oldinroq berilgan o’lim jazosi hukmi o’z kuchida qoldiriladi.

Sudya Hasan Farid deydiki, "Musulmon birodarlar" o’tgan yilning yozida bu harakat lideri Muhammad Mursiyni prezidentlikda saqlab qolish uchun qator qotilliklarni amalga oshirgan, tanqidchilarni o’ldirish rejasi bilan chiqib, ko’plab insonlarning jonini olgan.

Muhammad Mursiy 2013-yilning iyul oyida ag’darilgan. Shundan keyin "Musulmon birodarlar" harakati siyosiy partiya sifatida man etildi. Hozirda unga terrorist tashkilot deb qaraladi. Mursiy qamoqda.

Qohira ko'chalarida "Musulmon birodarlar" tarafdorlari namoyishda. Politsiya ularni tarqatib yuborish uchun ko'zni yoshlantiradigan gaz ishlatgan. Zo'ravonliklardan ikki kishi o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG