Prezident Barak Obama Misr rahbari Muhammad Mursiyni xalq dardiga quloq tutishga undayapti. Muxolifatning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirmang, deya da’vat etadi Oq uy rahbari.
Ommaviy namoyishlar domiga tortilgan Misrda oppozitsiya prezident Mursiyning iste’fosini talab qilayapti. Ayrim shaharlar, tumanlarda chiqishlar keskin tus olib, kamida 16 odam hayotdan ko’z yumgan.
Barak Obama Mursiy bilan telefonda gaplashib olgan.
Qo’shma Shtatlar Misrda demokratik jarayonlarni qo’llab-quvvatlaydi va biror harakat yoki partiyaga tarafkashlik qilmaydi, deyiladi Oq uy tarqatgan bayonotda.
Obama zo’ravonliklar, ayniqsa, ayollarga qarshi jinsiy tajovuzlardan xavotir bildirdi.
Misr armiyasi kecha Mursiyga shart qo’yib, chorshanbaga qadar o’zaro ziddiyatni hal qilishni talab qilgan.
Mudofaa vaziri general Abdul Fattoh al-Sissiyning aytishicha, aks holda armiya o’zi oraga tushishga majbur bo’ladi.
Muxolifat, shuningdek, prezident ishdan ketishi uchun bugun kunduz soat 5 ga qadar vaqt berdi. Mursiy bu shartni qabul qilishdan bosh tortmoqda, biroq murosa izlab harbiylar bilan uchrashdi.
Bu orada, Tashqi ishlar vaziri Muhammad Komil Amir ishdan ketish haqida ariza bergan. Shanbadan beri kamida to’rt vazir lavozimidan bo’shash qarorini e’lon qildi.
Millionlab namoyishchilar nazarida prezident Muhammad Mursiy va unga sodiq Musulmon Birodarlar harakati dunyoviy tuzum tarafdorlarining huquqini oyog’osti qilayapti.