Muhammad Mursiyning hokimiyatdan ag’darilishida muhim rol o’ynagan “Tamarud” harakati endi yangi hokimiyatdan o’zi uchun ulush istayapti. Hatto xorijda ham o’ziga o’xshash harakatlarning paydo bo’lishiga turtki bergan guruh Misrda qanchalik ta’sir kuchiga ega?
Misrning yangi yetakchilari islomiy muxolifatga qarshi tazyiqni davom ettirish bilan birga, va’da qilingan siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirishga ham harakat qilmoqda.
“Musulmon birodarlar”ni hokimiyatdan ag’darishga katta hissa qo’shgan “Tamarud” yoki “Qo’zg’olon” guruhi faollari bu yo’lda rahbariyatga ko’mak bermoqda.
Guruh rasmiylarining bildirishicha, ular parlament uchun o’tkaziladigan yangi saylovda nomzodlari bilan ishtirok etadi.
Harakat asoschilaridan biri Muhammad Haykal “Tamarud”ning e’tibori hozir bunyodkorlikka qaratilganini aytadi.
“Tamarud” norozilik harakatidan qayta qurish yo’liga o’tdi; chunki qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’p, deydi u.
Prezident Mursiy hokimiyatdan ag’darilganidan keyin mamlakatning parchalanish xavfi oshdi. Ko’pchilik Misr demokratiya yo’lidan toyganiga ishonadi.
Ammo “Tamarud” guruhi so’zlovchisi Hisham Goran harbiylar tutgan yo’lni to’g’ri, deydi.
“Ular to’g’ri yo’ldan ketyapti. Islohotlar reja bo’yicha amalga oshmoqda. Barcha siyosiy partiyalar va odamlar harbiylar tarafida. Terrorizmga qarshi barcha bir safga tizilgan”, - deydi u.
Harbiylarning terrorga qarshi kurash nomi ostida amalga oshirayotgan choralaridan norozi bo’lgan guruhlar bor. Ammo “Tamarud” armiyaning izmidan chiqqani yo’q.
Kichik guruhning ikki oy ichida millionlab odamlarni ko’chaga olib chiqa oladigan darajada katta kuchga aylangani ko’pchilikda savol tug’dirmoqda.
Guruh yetakchilari xavfsizlik kuchlaridan hech qanday yordam olmaganmiz, deydi. Shuningdek, Mursiy hokimiyatdan ag’darilgunga qadar armiya vakillari bilan uchrashmaganini ta’kidlaydi.
Guruh so’zlovchisi May Vahba “Tamarud”ning katta kuchlar qo’lida o’yinchoq ekani haqidagi iddaolarni inkor etadi.
“Tamarud” armiyaning ovozi emas va hech qachon bunday bo’lmaydi. Bu guruh xalqning ovozidir. Xalq buyuradi, armiya ijro etadi, deydi u.
Guruh a’zolarini birdek yakdil deb bo’lmaydi. Boshqa siyosiy partiyalar kabi, “Tamarud” ichida ham bo’linishlar bor. Masalan, prezidentlik uchun kimning nomzodini qo’llash bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud.
“Tamarud” vakillari harbiylardan ko’ra millatchiroq ekani namoyon bo’lmoqda. Uar Vashington hali o’z qarorini e’lon qilmay turib AQShning Misrga atalgan yordamidan voz kechishga chaqirdi. Vahba so’zlarida ham Amerikaga qarshi kayfiyatning kuchli ekani seziladi.
Uning da’vo qilishicha, “Musulmon birodarlar”ning eng katta yordamchisi AQShdir. Shuning uchun AQShni “terror homiysi” deb bilamiz, deydi u.
“Tamarud” AQShning Suriyaga qarshi rejalagan havo hujumlarini ham qoralab chiqdi. Guruh Assad rejimini islomchilar tahdidini qaytara oluvchi munosib kuch sifatida ko’radi. Shu bois ular AQSh harbiy kemalarini Suvaysh kanalidan o’tkazmaslikka chaqirdi.
“Tamarud”ning islomiy harakatlarga qarshi tutgan keskin mavqei mintaqaning boshqa davlatlarida ham aks-sado bermoqda. Falastinning G’azo sektorida yangi tashkil etilgan “Tamarud” harakati 11-noyabr kuni hukumatdagi “Xamas” guruhiga qarshi namoyish o’tkazishni rejalamoqda.