Misrda Husni Muborak hokimiyatdan olinganining uch yilligi nishonlanar ekan, bugungi hukumatga qarshi namoyishlar o’tmoqda. Politsiya tartibni buzganlarga qarshi kuch ishlatgan.
Muborakdan keyin prezidentlikka saylanib, o’tgan yili ag’darilgan Muhammad Mursiy tarafdorlari, hozirgi harbiy boshqaruvga muxolif odamlar ham ko’chada. Qohiraning ikki joyida portlashlar kuzatilgan.
Poytaxtda kechagi ketma-ket portlashlarda olti kishi o’lgan edi.
O’zini Quddus jangchilari deb atovchi guruh bu xuruj uning ishini ekanini e’lon qilgan. Ular asosan harbiylarni nishonga olmoqda va ommani idora va postlardan uzoqda turishga chaqirmoqda.
Mursiy rahnamoligidagi Musulmon birodarlar bugungi boshqaruv tomonidan terrorist tashkilot deb belgilangan.
Bu orada Iroqning Baquba shahri yaqinida portlash yuz berib, olti kishi halok bo’lgan. Voqea shialarning sunniylarga hujumi deya talqin qilinmoqda.
Shu oyning o’zida Iroq bo’ylab mazhablararo xurujlarda yuzlab insonlarning yostig’i quridi. Bugun nobud bo’lganlar bir oila vakillari ekan.